Xatirchi hayoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xatirchi hayoti
Formati Haftalik
Asos solingan 1998-yil
Tili oʻzbekcha
Adadi 7300

Xatirchi hayotiNavoiy viloyati Xatirchi tumani ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotini aks ettiruvchi haftalik gazeta.

“Xatirchi hayoti” 1932-yildan boshlab “Paxtakor” nomi bilan “O‘zkompartiya Xatirchi tuman qo‘mitasi, tuman ijroiya va kasabalar sho‘rosining davriy nashri” sifatida chiqa boshlagan. Ro‘znoma o‘sha davrda hozirgi Oqtosh shahrida “Qizil Narpay” bosmaxonasida 1500 nusxada bosilgan. Ro‘znomani tashkil qilish, birinchi sonlarini nashr qilishga A.Rahmatullayev mas’ul muharrir, Ramazonov mas’ul kotib, Ernazarov bosmaxona direktori sifatida bosh bo‘lishgan. Afsuski, gazetaning ilk sonlarining nusxasi saqlanib qolmagan. Faqatgina Moskva markaziy kutubxonasining Ximki shahridagi gazetalar arxividan olib kelingan 3-sonining fotonusxasi mavjud[1]..

O‘tgan davrlar ichida hududda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, ular gazeta sahifalarida aks etgan. Tuman hududiga sanoat kirib kelishi natojasida 1934-yilda bosmaxona ham tashkil etilgan. Gazeta shu bosmaxonada nashr qilingan. 1962-yilda Narpay va Xatirchi tumanlari birlashtiriladi, shundan keyin gazetalar ham qo‘shib yuborilib, “Paxtakor ovozi” nomi bilan chiqa boshlaydi. 1963-yilda Xatirchi Kattaqo‘rg‘on tumani tarkibiga qo‘shilgach, har ikki tuman uchun “Zarafshon” gazetasi tashkil etilgan.

1965-yilda Xatirchi tumani qaytadan tashkil etilgandan keyin, 1966-yilning 1-yanvaridan boshlab tuman gazetasi “Yangi hayot” nomi bilan chiqa boshladi. Gazetaga hozirgi “Xatirchi hayoti” nomi 1998-yilda berilgan[2] . Gazeta o‘tgan yillar davomida nafaqat tumanda, balki viloyatda ham o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. O‘tgan yillar ichida gazetada O‘rin Kamolov, Adolat Sanaqulova, Shonazar Ochilov, Jaloliddin Rajabov, Karim Rahimov, Jo‘raqul Yormamatovning hissalari katta bo‘lgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Xatirchi tumani kecha va bugun. Sahhof 2021 — 374 bet. ISBN 978-9943-6665-3-5. 
  2. „Xatirchi tumani“. Qaraldi: 31-iyul 2023-yil.