Kontent qismiga oʻtish

Xaritlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaritlar- qadimgi yunon mifologiyasida ezgulik ma’budalari, ular mangu va xushchaqchaq ko‘rkam hayot ibtidosini mujassam etgan. Xaritlar Zevs ma’budining go‘zallikda tengi yo‘q qizlari bo‘lib (Aglaya - munavvar, Yevfrosina - oqila, dono, Taliya - gulgun, gulchehra, Kayeta - yoqimli, matluba, Faenna - nur, yogdu, shu’la, Peyto - ishonch, e’tiqod, imon, Gegemona - yo‘l ko‘rsatuvchi, rahbar, yetakchi va hokazo), ularning haykallari yasalgan va ularga atab ibodat marosimlari o‘tkazilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 402.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.