Xara Xtreme LX

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xara Xtreme LX

Ubuntu da ishlaydigan Linux uchun Xara Xtreme dasturi
Yaratgan dasturchisi (firmasi) Xara Group Ltd.
Dasturning test rejimi
0.7 / 11-avgust, 2006-yil (17 yil avval) (2006-08-11)[1]
Repozitoriy
  • Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
Operatsion sistema Linux, Mac OS X
Turi Vektor grafik muharriri
Litseziyasi GNU GPL
Veb sayt xaraxtreme.org

Xara Xtreme LX — hozigi kunda qoʻllab-quvvatlanishi toʻxtatilgan 2D vektor grafik muharriri. Xara Xtreme dasturi ochiq manba versiyasi sifatida ishlab chiqilgan. LX qisqartmasi Linuxda Xara Xtreme degan maʼnoni anglatadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dasturning birinchi versiyasi Linux uchun 2005-yil oktyabr oyida chiqarilgan. Xara Group Ltd bepul dasturiy taʼminot litsenziyasi GPL ostida qisqartirilgan versiyaning manba kodini chiqarishini eʼlon qilgan.

2006-yilda Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan Libre Graphics Meeting[2] ochilishida Xara Linux uchun Xara Xtreme manba kodining koʻp qismini yangilangan veb-saytdan qanday yuklash mumkinligi haqida maʼlumot bergan. Linux uchun Xara Xtreme bosh sahifasiga koʻra, chiqarilgan manba kodi „Xara Xtreme manba kodining koʻp qismini“ oʻz ichiga olgan. Xaraning 0.3 beta seriyasi .xar fayl formatidan foydalanishga ruxsat bergan.

Dasturning oxirgi beta versiyasi 0.7 boʻlgan. Linux versiyasining rivojlanishi toʻxtab qolib, dastur veb sayti 2006-yil avgustidan boshlab yangilanishi toʻxtatilgan. Xara Group Ltd bosh direktori Charles Moir 2007-yil 15-fevralda dasturchining pochta roʻyxatida CDraw manba kodi nima uchun chiqarilmasligi haqida maʼlumot bergan[3].

2008-yil dekabr oyida yangi loyiha xarino yaratilgan[4]. U loyihaning manba kodiga kirish imkonini bergan. Yangi pochta roʻyxati 2009-yil may oyida tashkil etilgan[5].

Foydalanuvchilar 2010-yil may oyida CDraw kutubxonasini ochiq manbali Cairo kutubxonasiga almashtirishgan[6].

GitHubda saqlanadigan test dasturlar XaraLx manba versiyasini oʻz ichiga oladi (oxirgi tahrirlar 2007-yilda amalgan oshirilgan)[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „[XaraXtreme-announce] Version 0.7 Released“. Xaraxtreme.org (11-avgust 2006-yil). Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
  2. „Libre Graphics Meeting 2016 – London, 15-18 April 2016“. Libregraphicsmeeting.org (10-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
  3. „RE: [XaraXtreme-dev] ... Pong“. Xaraxtreme.org (15-fevral 2007-yil). Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
  4. „xarino - Project Hosting on Google Code“ (17-dekabr 2008-yil). — „Project xarino created by tom.tdw An attempt to resurrect the seemingly dead xaralx project“. Qaraldi: 11-mart 2011-yil.
  5. „The XaraLX Development Group“. Google Groups. — „A group of XaraLX enthusiasts who are coming together to hopefully renew the development of XaraLX, as a "paid for" software for the Linux platform.“. Qaraldi: 11-mart 2011-yil.
  6. „Xara-Cairo“. GitHub. — „2010-05-11: First attempt at replacing CDraw with Cairo announced along with a new Git repo online“.
  7. „Samuell/Xara-xtreme“. GitHub (5-noyabr 2021-yil).
  8. „Xara LX README“. GitHub (5-noyabr 2021-yil).