Xamis Qaddafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xamis Qaddafi
خميس القذافي
Tavalludi 27-may 1983-yil
Vafoti 29-avgust 2011-yil(2011-08-29)
(28 yoshda) (Disputed)
near Tarhuna, Libya
Fuqaroligi Liviya
Otasi Qazzofiy Muammar
Onasi Safia Farkash

Xamis Qaddafiy (27-may 1983-yil — 2011-yil 29-avgust) Liviya sobiq rahbari Muammar Qaddafiyning yettinchi va kenja oʻgʻli. Liviya armiyasining Xamis brigadasini boshqargan harbiy qoʻmondon edi. 2011-yilda Liviyadagi fuqarolar urushi paytida u otasini faoliyatidan cheklashtishga urinayotgan muxolifat kuchlarining asosiy nishoniga aylangan edi[1].

Taʼlim va martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uch yoshida Xamis Qaddafiy 1986-yil 15-aprelda AQShning Liviyani bombardimon qilishida yaralangan. 1986-yilda Berlindagi diskoteka portlashiga o‘ch olish maqsadida Bob al-Aziziya harbiy majmuasiga hujum qilinganida boshidan jarohat olgan[2]. Tripolidagi harbiy akademiyani tamomlagan, harbiy sanʼat va fan boʻyicha bakalavr darajasini olgan, keyinchalik Moskvadagi Frunze nomidagi harbiy akademiya va Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. 2008-yilda Qaddafiy Jazoirga tashrif buyurdi hamda u yerda prezident Abdulaziz Buteflika tomonidan qabul qilingan edi.

2010-yil aprel oyida u Madriddagi IE Business School(ilgari Instituto de Empresa nomi bilan mashhur) magistr darajasini boshladi[3]. Biroq, u 2011-yilning mart oyida „Liviya aholisiga qarshi hujumlarga aloqadorligi“ uchun muassasa tomonidan chiqarib yuborilgan[4].

2011-yil boshida Qaddafiy AECOM Technology korporatsiyasida stajyor sifatida ishlagan. AECOMning global kommunikatsiyalar bo‘yicha katta vitse-prezidenti Pol Gennaroning so‘zlariga ko‘ra, Qaddafiy 2011-yil fevral oyida stajirovka o‘tashi doirasida AQSh bo‘ylab sayohat qilgan, jumladan, harbiy ob’ektlar va diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilgan. Bu safar 17-fevralda Liviyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin toʻxtatildi va Qaddafiy Liviyaga qaytdi.

Liviyadagi fuqarolar urushidagi roli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqarolar urushida otasiga yordam berish uchun Liviyaga qaytib kelgan. Xamis Qaddafiy Muammar Qaddafiyga sodiq boʻlganLiviya Qurolli Kuchlarining maxsus kuchlari brigadasi Xamis brigadasini boshqarib, Zaviyaga hujum qilishni buyurdi[5][6]. Jang Qaddafiyparast kuchlarning shaharni qaytarib olishiga olib keldi. Shuningdek, u fevral oxiri mart oyining boshlarida poytaxt Tripoli va uning atrofidagi rejimga qarshi namoyishlarni bostirishda yordam bergan. Uning kuchlari Misrata jangida ham qatnashgan. 2011-yil iyun oyida u Zlitenda Qaddafiy tarafdori kuchlarga qoʻmondonlik qilgan. U haqida uning brigadasidan qoʻlga olingan askar ham Xamis Qaddafiy oʻz qoʻshinlariga shunday takitlagan: „Misratani oling, aks holda sizni oʻzim oʻldiraman“ deganini xabar qilgan. Misratani olmasang, ishimiz tugadi"[7].

Oʻlim haqidagi mish-mishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liviya fuqarolar urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011 yil 13 mart: Bab al-Aziziyaga xudkushlik hujumi sodir etilgan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 20-mart kuni Qaddafiyga qarshi Al Manara Media xabariga ko‘ra, Xamis Qaddafiy 1(bir) hafta oldin uchuvchi Muhammad Moxtar Usmon o‘z samolyotini Bob al-Aziziyaga qulagani daʼvo qilingan jarohatlar tufayli vafot etgan. Buni hech qanday mustaqil manba tasdiqlamadi. Samolyotning halokatga uchragani Al Manara hamda Al-Manara bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Jazoirning Shuruk gazetasidan tashqari boshqa mustaqil OAV tomonidan ham ilgari xabar qilinmagan yoki tasdiqlanmagan edi. U bilan bogʻliq xabarlarning bir qismi boʻlish ehtimoli bor boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „نعي لشهيد خاض معارك باسلة الشهيد خميس القذافي“. YouTube. Qaraldi: 2012-yil 19-dekabr.
  2. Copeland, David A.. The Greenwood Library of American War Reporting: The Vietnam War & post-Vietnam conflicts. Westport, Connecticut: Greenwood Press, 2005 — 346 bet. ISBN 978-0-313-32930-2. 
  3. „Un hijo de Gadafi estudia un master en Madrid“ (es). El País (2011-yil 22-fevral). Qaraldi: 2011-yil 15-oktyabr.
  4. Ross-Thomas, Emma. „Madrid's IE Business School Expels Qaddafi's Son From MBA“. Bloomberg L.P. (2011-yil 4-mart). Qaraldi: 2011-yil 20-iyun.
  5. „Khamis Gaddafi Recruits Mercenaries to Shoot Protestors“. International Business Times (2011-yil 11-fevral).
  6. „Khamis Ghaddafi: The agent of fear“. Afrol News (2011-yil 23-fevral). Qaraldi: 2012-yil 2-yanvar.
  7. Fadel, Leila. „Libyan rebels stage insurrection in Zlitan“. The Washington Post (2011-yil 10-iyun). Qaraldi: 2011-yil 5-avgust.