Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro qushlar kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1 aprel - Xalqaro qushlar kuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qushlar kuni qushlarni qadirlash maqsadida butun dunyoda oʻtkaziladigan maxsus kun. Bu sana munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sardorlar kengashi tomonidan har yili qush uyalari oʻrnatiladi.

2024-yil 1-aprel kuni munosabati bilan qurilgan qushlar uyalari

“Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poytaxtdagi Botanika bog‘ida qushlarni sovuqdan asrash va bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 200 ga yaqin ekofaollar va volontyorlar qatnashib, daraxtlarga qush inlarini o‘rnatdi va ozuqalarni qo‘yib chiqishdilar[1].

894-yildan ilk bora Amerika Qoʻshma Shtatlarda, keyinchalik ommabop boʻlib boshqa shtatlarda va ommaviy axborot vositalari sababli Yevropada ham oʻtkazila boshlandi[2].