Xalqaro muzeylar kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro muzeylar kuni ― har yili 18-may kuni nishonlanadigan bayramdir.

Xalqaro muzeylar kuni butun dunyo boʻylab, 1977-yilda Moskva va Leningradda ICOMning (International Council of Museums — Xalqaro muzeylar kengashi), 11-Bosh konferentsiyasi kengashi boʻlib oʻtgandan beri nishonlanadi[1].

1977-yilda muzey jamoatchiligi maxsus tadbir tashkil qilishni xohlashadi va shu asnoda Xalqaro muzeylar kuni tadbiq etilgan. Rezolyutsiya xuddi shu 1977-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Xalqaro Muzeylar Kengashining (ICOM) Bosh Assambleyasida qabul qilingan.

1992-yilda Xalqaro muzeylar kunini rasmiy ravishda tashkil etuvchi ICOM Kengashi maʼlum bir mavzuda tadbir oʻtkazishni taklif qilgan. Oʻshandan beri har yili Xalqaro muzeylar kuni turli mavzularga bagʻishlangan[2] va Xalqaro muzeylar kengashi har doim ushbu mavzu bilan bogʻliq tadbirlarni koʻrib chiqadi va ularni hamma uchun tushunishga oson shaklda taqdim qiladi.

Yildan yilga tadbir tobora ommalashib bormoqda. 2007-yilda, yaʼni oradan 30-yil oʻtib, Xalqaro muzeylar kunida 70 ta davlat qatnashgan. Oʻsha yil mavzusi „Jahon merosi uchun barchamiz javobgarmiz“ („Todos somos responsables del patrimonio mundial“) edi.

2015-yilda ushbu tadbirda dunyoning 145 davlatidan 35 mingdan ortiq muzeylar ishtirok etdi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mejdunarodniy den muzeev — — Novosti i afisha muzeev Rossii — — www.Museum.ru
  2. „The theme“. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  3. „IMD in short“ (deadlink). 2018-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]