Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidentlari
Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi aʼzolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 8 yil muddatga saylanadi, bundan keyin 4 yillik muddatga qayta saylanish imkoniyati mavjud.
Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti barcha sohalarda ushbu tashkilot faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Prezidentlarga oid faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baron Pyer de Kuberten 1925—1937-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti boʻlgan.
Graf Anri de Baye-Latur Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi qarorgohida vafot etgan.
Everi Brendej hozirga qadar yevropalik boʻlmagan yagona prezident. Avval olimpiadada sportchi sifatida ishtirok etgan dastlabki prezident.
Markiz Xuan Antonio Samaranch prezidentlik davrida ikki bora Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. 2001—2010-yillarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti.
Graf Jak Rogge 1968-, 1972- va 1976-yilgi olimpiyadalarda sportchi sifatida ishtirok etgan. 2013-yildan Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi faxriy prezidenti.
Tomas Bax Olimpiyadada chempioni boʻlgan birinchi prezident (qilichbozlik boʻyicha 1976-yilgi Olimpiyada gʻolibi). Oʻzbekistonga 2015-yili tashrif buyurgan.[1][2]
Prezident | Mamlakat | Prezidentlik davri |
---|---|---|
Demetrius Vikelas | Gretsiya | 1894-1896 |
Baron Pyer de Kuberten | Fransiya | 1896-1916 va 1919-1925 |
Baron Godfrua de Blone | Shveysariya | 1916-1919 (v.b.) |
Graf Anri de Baye-Latur | Belgiya | 1925-1942 |
Zigfrid Edstryom | Shvetsiya | 1946-1952 (v.b.1942-1946) |
Everi Brendej | AQSh | 1952-1972 |
Lord Maykl Killanin | Irlandiya | 1972-1980 |
Markiz Xuan Antonio Samaranch | Ispaniya | 1980-2001 |
Tomas Bax | Belgiya | 2001-2013 |
Graf Jak Rogge | Germaniya | 2013-… |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentga keldi“. kun.uz (15-iyun 2015-yil). Qaraldi: 8-avgust 2022-yil.
- ↑ ; Farhod Turdiyev; Munavvarxon Rasulova"Olimp sari" (oʻzbek). "Navro'z" nashriyoti — 45-bet. ISBN 978-9943-381-37-7.