Xadra
Xadra Xadra mahallasi | |
|---|---|
| Mahalla | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| Tuman | Shayxontohur |
| Maydon | 0,718 km2 (277 kv mi) |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 (71) |
| Pochta indeks(lar)i | 100129 |
| Avtomobil kodi | 01 |
Xadra mahallasi (Xadra mavzesi, 17) – Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi mahalla. Tumanning Gulbozor, Jangoh, Shayxontohur, Oʻrda, Oʻqchi, Olmazor mahallalari hamda Olmazor tumanining Yangi Sebzor mahallasi bilan chegaradosh[1]. 1993-yil 11-oktyabrda tashkil topgan[2].
Mahalla hududida Toshkent planetariysi, Toshkent sirki, Oʻzkimyosanoat AJ, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Аlоqа tаriхi muzеyi, Yosh tomoshabinlar teatri, Soliq qo‘mitasi, Xalq banki Shayxontohur BHM, maktablar, bogʻchalar, ovqatlanish shaxobchalari joylashgan.
Xadra mahallasi maydoni 71,8 gektarni tashkil qiladi[3].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xadra – Shayxontohur dahasidagi mahallalardan biri, endilikda eski shaharning markaziy maydoni. Tarixchi Yahyo Gʻulomov va folklorshunos Hodi Zarifovning fikricha, haddi roh „yoʻlning chekkasi, chegarasi“, yaʼni shaharning chekkasi degan maʼnoni bildiradi. Tilshunos F. A. Abdullayev esa xadra „notekis, past-baland, adirlik (yer) demakdir“ deydi (adrang – adra —xadra)[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Xadra mahalla fuqarolar yig'ini“. yandex.uz/maps. Yandex Maps. Qaraldi: 10-aprel 2025-yil.
- ↑ „"XADRA" mahalla fuqarolar yig'ini“. orginfo.uz. Qaraldi: 10-aprel 2025-yil.
- ↑ „“Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi mahallalarning aniq chegaralarini belgilash to‘g‘risida”gi Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining VI-103-90-14-0-K/24 sonli qarori“ (oʻzbekcha). kengash.gov.uz. Oʻzbekiston hukumati (2024-yil 10-iyun). Qaraldi: 10-aprel 2025-yil.
- ↑ TOPONIMIKA (O`zbek). 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati — 320-bet. ISBN 5-89890-105-1.