William S. McArthur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
William S. McArthur
WilliamSMcArthur-NASA.jpg
Tavalludi

1951-yil 26-iyul (71 yosh)

Laurinburg, Shimoliy Karolina, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Armiya uchuvchisi, sinov uchuvchisi
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Daraja Polkovnik, AQSh armiyasi
Kosmosdagi vaqt
224d 22soat 19min
Tanlash 1990-yil NASA guruhi 13
Missiyalar STS-58, STS-74, STS-92, Soyuz TMA-7 (12-ekspeditsiya)
Missiya belgisi
Sts-58-patch.png Sts-74-patch.png Sts-92-patch.svg ISS Expedition 12 Patch.svg

William McArthur (talaffuzi: Uilyam MakArtur 1951-yil 26-iyulda tugʻilgan) — isteʼfodagi Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi polkovnigi va NASA astronavti.

Armiya faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

McArthur 1951-yil 26-iyulda tugʻilgan va Shimoliy Karolina shtatining Red Springs shahrida oʻsgan. McArthurAmerikaning Boy Skautlarida faol boʻlgan va u yerda oʻzining ikkinchi eng yuqori darajasi – Life Scout -ga erishgan[1]. U Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Akademiyasida oʻqidi, 1973-yilda Amaliy fan va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini oldi. McArthur Shimoliy Karolina shtatining Fort Bragg shahridagi 82-havo desant diviziyasida xizmat qilgan soʻngra, AQSh armiyasi aviatsiya maktabida oʻqigan. Koreya va Jorjiyada xizmat safarlarida boʻlgan (1983-yilda Jorjiya Texnologiya Institutida Aerokosmik muhandislik fanlari magistri darajasini olgan)[2].

NASA faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987-yilda McArthur AQSh harbiy-dengiz kuchlari sinov uchuvchilar maktabida oʻqidi va eksperimental sinov uchuvchisi sifatida taʼlim oldi. U NASAda parvoz sinovlari muhandisi lavozimiga tayinlangan va 1990-yilda astronavt nomzodi sifatida tanlangan. McArthuring birinchi kosmik parvozi 1993-yilda STS-58 bortida boʻlgan. Keyingi missiyalarga STS-74 va STS-92 kirdi[2].

McArthur 41 xil samolyot va kosmik kemada 9000 soatdan ortiq parvozni amalga oshirdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

McArthur sobiq Cynthia Kathryn Lovinga uylangan[3]. Uning ikki qizi bor. McArthur velosipedda yurishni, suratga olishni va shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashni yoqtiradi[2]. 2009-yil may oyida u koinot fani va muhandislik sohasiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, Shotlandiya kosmik maktabi bilan olib borgan targʻibot ishlari uchun Strathclyde universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻldi. U hozirda Texasning Friendswood shahrida istiqomat qiladi.

Tasma Tavsif Eslatmalar
U.S. Army Distinguished Service Medal ribbon.svg Harbiy xizmat uchun medal
Defense Superior Service Medal ribbon.svg Mudofaa xizmatlari uchun medal
Defense Meritorious Service Medal ribbon.svg Mudofaadagi xizmatlari uchun medali
Army Commendation Medal ribbon.svg Armiya maqtov medali
National Defense Service Medal ribbon.svg Milliy mudofaa xizmati medali
Army Service Ribbon.svg Armiya xizmati lentasi
NasaDisRib.svg NASAning „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
USA - NASA Excep Rib.png NASAning alohida xizmat medali
SpaceFltRib.svg NASA kosmik parvoz medali

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Astronauts and the BSA“. Fact sheet. Boy Scouts of America. 14-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2006-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 NASA. „William S. McArthur Biography“. NASA (2014-yil sentabr). Qaraldi: 12-aprel 2021-yil.
  3. „Former NASA astronaut William 'Bill' McArthur Jr. To Speak at Riverside School on Wednesday, May 2“ (2-may 2018-yil).