William McDougall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

MAK-DUGALL (Me Dougall) Uilyam (1871.22.6, Lankashir - 1938.28.11, Deram, AQSH) — ingliz-amerika psixologi. 1904-yildan Oksfordda, 1920-yildan AQShda faoliyat koʻrsatdi. Garvard (1920-27) va Dyuk (1927-38) universitetlari professor M.-D. psixologik hayot negizida "gorme" (yun. hormoa — intilish) yotishini taʼkidlaydi. Shu bois M.-D. psixologiyasi "gormitik" deb nom olgan. "Gorme" biologik ahamiyatga molik intilish sifatida talqin qilinadi. M.D. maqsad sari instinktiv intilish azaldan jonli narsa tabiatida boʻladi, deb hisoblaydi. Insonning oʻz kamoloti jarayonida hissiy doyra iyerarxik tuzilish kasb etadi. Oldin bir qator hissiy yangilanishlar yetakchilik qilsa, keyinchalik shaxs harakterida mujassamlashgan egotik (yun. "ego"—"men") jabha us-tuvorlikka erishadi. M.-D. shaxsning metapsixologik nazariyasini ishlab chiqqan. Unga koʻra, fikrlovchi va intiluvchi "men" inson psixofizik hayotini boshqaradi. Asosiy asarlari; "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" (1908), "Tana va ong" (1911), "Guruhli ong" (1920).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil