Will Rock
Will Rock | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | Saber Interactive |
Nashir etuvchi | Ubi Soft |
Chiqarilgan sana | |
Boshqaruvchi | Andrey Iones |
Geymdizayner |
Matthew Karch Vladimir Chernysh |
Janr | Birinchi shaxs otishma |
Platformalar | Microsoft Windows |
Oʻyin rejimlari |
Yolgʻiz oʻyinchili Koʻp oʻyinchili |
Will Rock — Saber Interactive tomonidan ishlab chiqarilgan va Ubisoft tomonidan nashr etilgan birinchi shaxsdan otishma videooʻyin. Oʻyin Shimoliy Amerikada 2003-yil 9-iyunda chiqarilgan. Saber Interactive tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi oʻyindir. Tanqidchilar oʻyinni „Serious Sam“ bilan solishtirishdi, oʻyinchilardan olingan sharhlar esa aralash boʻlib chiqdi.
Syujet
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinning bosh qahramoni Willford Rockwell ismli arxeolog talaba Olympian Restoration Army (ORA) yoki Olimp Tiklanish Armiyasi nomli fanatiklar guruhiga toʻqnash keladi. Fanatiklar qandaydir tarzda koʻplab yunon mifologik mavjudotlarini, shu jumladan maʼbudlar maʼbudi boʻlmish Zevsni jonlantirgan boʻlishadi. Shunindek, „ORA“ Willford Rockwellʼning sevgilisi Emmaʼni ham oʻgʻirlab ketishadi va oʻqituvchisi doktor Headstrongʼni otib oʻldirishadi. Bosh qahramon maʼbud Prometeyni hayotga qaytaradi, unga Zevs qadimiy ibodatxonani — maʼbudlar qamoqxonasini qoʻriqlashni buyurgan edi. Ozod qilganligi uchun minnatdorchilik oʻlaroq Prometey Willfordʼga kuch va qudrat beradi va Emmaʼni ozod qilib, Zevsni yengunga qadar unga koʻrinmas hamroh boʻladi. Ularning vaqti oz edi, chunki Zevs yaqin orada oddiy odam Emma Headstrongʼni yangi xotin qilib olishi mumkin edi. Shunday qilib, yarim odam va yarim maʼbud qudratiga ega boʻlgan Willford sevgilisini qutqarish va oʻqituvchisining qasosini olish uchun Olimpga otlanadi.
Oʻyin jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyin birinchi shaxsdan otishma boʻlib, oʻyinchi oʻyinning bosh protagonisti Will Rock ismli yigitni boshqaradi. Oʻyinchi jangda 11 ta turli qurol-yarogʻ ishlata oladi. Oʻyinning yolgʻiz oʻyinchili rejimida 10 ta bosqich bor, shuningdek, turli koʻp oʻyinchili rejimlar ham mavjud.
Oʻyinchiga baʼzi vaziyatlarda bir vaqtning oʻzida har tomondan har xil dushmanlar hujum qilishi mumkin. Deyarli barcha dushmanlar (uchadiganlardan tashqari) yer ostidan yoki devorni yorib paydo boʻlishadi. Bu holat juda shovqinli va qoʻqqisdan yuz beradi, bu esa oʻyinchini yaxshigina gangitib qoʻyishi va qoʻrqitib yuborishi mumkin. Uchadigan dushmanlar esa nomidan kelib chiqib havodan paydo boʻlishadi. Baʼzan dushmanlar quvvat bilan oʻralib turgan mehroblar tevaragida paydo boʻladi, bu ularni yanada himoyaliroq qiladi. Oʻyinda bir bosqichdan boshqa bosqichga oʻtkazuvchi eshiklar juda koʻp. Ularni ochish uchun yo barcha dushmanlarni oʻldirish kerak, yo kalitni topish kerak. Baʼzan esa bronza koʻkrakpech, dubulgʻa, gladius koʻrinishidagi xazinalarni topish kerak.
Deyarli hamma yerda oltin topsa boʻladi. Ularni 30 soniya ishlaydigan super qobiliyatlarni sotib olishga ishlatish mumkin:
- Maʼbud shikasti — oʻyinchi dushmanlarga ancha koʻp shikast yetkazadi.
- Yengilmaslik — dushmanning har qanday zarbasi hech qanday shikast yetkazmaydi.
- Maʼbud qoʻzgʻaluvi — oʻyindagi barcha jarayonlar sekinlashadi: otish tezligi, dushmanlarning harakatlanishi va qobiliyatlarning taʻsir koʻrsatish muddati.
Barcha qobiliyatlarni Prometey monolitining yonida olsa boʻladi — quvvat oqimlari bilan oʻralgan, uchta devorli tosh poydevorga oʻxshash.
Kutib olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taqriz yigʻuvchi | Baho |
---|---|
Metacritic | 63/100[1] |
Nashr | Baho |
---|---|
CGW | [2] |
Game Informer | 7.75/10[3] |
GameSpot | 6.7/10[4] |
IGN | 7.2/10[5] |
PC Format | 74%[6] |
PC Gamer (UK) | 56%[7] |
PC Gamer (US) | 79%[8] |
PC Zone | 40%[9] |
X-Play | [10] |
Oʻyin tanqidchi veb-sayt Metacriticʼga koʻra „aralash“ sharhlar oldi.[1] IGNʼdan Chris Hudak oʻyindagi grafika va geympleyni olqishlab unga 7.2/10 ball berdi.[11] GameSpot esa ancha salbi sharhda oʻyinni „Serious Sam“ning arzon nusxasi deya tanqid qildi.[12]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Will Rock for PC Reviews“. Metacritic. Qaraldi: 2014-yil 18-dekabr.
- ↑ Gladstone, Darren (November 2003). „Will Rock“ (PDF). Computer Gaming World. № 232. 131-bet. Qaraldi: January 10, 2017.
- ↑ Brogger, Kristian (August 2003). „Will Rock“. Game Informer. № 124. 103-bet. February 25, 2005da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: December 18, 2014.
- ↑ Wolpaw, Erik. „Will Rock Review“. GameSpot (2003-yil 19-iyun). Qaraldi: 2014-yil 18-dekabr.
- ↑ Hudak, Chris. „Will Rock Review“. IGN (2003-yil 26-iyun). Qaraldi: 2014-yil 18-dekabr.
- ↑ "Will Rock". PC Format. 2003.
- ↑ „Will Rock“. PC Gamer UK. 2003.
- ↑ Osborn, Chuck (September 2003). „Will Rock“. PC Gamer. 86-bet. March 15, 2006da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: December 18, 2014.
- ↑ Hill, Mark (July 16, 2003). „PC Review: Will Rock“. PC Zone. June 24, 2007da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: December 18, 2014.
- ↑ Hudak, Chris. „'Will Rock' (PC) Review“. X-Play (2003-yil 3-iyul). 2003-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-dekabr.
- ↑ Hudak, Chris „Will Rock Review“ (en). IGN (2003-yil 26-iyun). Qaraldi: 2022-yil 18-may.
- ↑ „Will Rock Review“ (en-US). GameSpot. Qaraldi: 2022-yil 18-may.