West Chester universiteti
West Chester universiteti (WCU) | |
---|---|
Asl nomi | inglizcha: West Chester University |
Asos solingan | 1871-yil |
Oʻquv yurti turi | davlat universiteti |
Manzili | West Chester (Pennsylvania), AQSh |
Vebsayti | wcupa.edu |
West Chester universiteti — AQShning Pennsylvania shtatidagi taniqli davlat universiteti.
Universitet 1871 yilda Pensilvaniya shtatidagi oliy o'quv yurti sifatida tashkil etilgan. Hozirgi kunda 6 ta kollej va 1 ta kasb-hunar maktabida 17719 o'quvchi tahsil olmoqda. Universitetda 118 ta bakalavriat, 103 ta magistratura va 4 ta doktorlik dasturlari mavjud. Uning asosiy kampuslari Filadelfiya va West Chesterda joylashgan.
Universitet Markaziy Shtatlarning Oliy Ta'lim Komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan.[1] Bundan tashqari, ushbu oliy ta'lim muassasasi Pensilvaniya oliy ta'lim tizimining bir qismidir. West Chester universiteti Forbes jurnalining 2019 yilgi reytingiga ko'ra AQShning eng yaxshi 150 ta davlat universitetlari qatoriga kiritilgan.[2] O'sha yili US News jurnali tomonidan tashkil etilgan reytingda West Chester universiteti AQShning shimoliy shtatlaridagi 1400 ta davlat universitetlari orasida 17-o'rinni egalladi.[3]