Weir Greenhouse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Weir Greenhouse
NYC Landmark
Weir Greenhouse is located in New York City
Weir Greenhouse
Weir Greenhouse is located in New York
Weir Greenhouse
Weir Greenhouse is located in the United States
Weir Greenhouse
Joylashuv 750–751 5-Avenyu New York
Coordinates 40°39′32″N 73°59′47″W / 40.65889°N 73.99639°W / 40.65889; -73.99639 G OKoordinatalari: 40°39′32″N 73°59′47″W / 40.65889°N 73.99639°W / 40.65889; -73.99639 G O
Hudud bir gektardan kam
Qurilgan 1895
Arxitektor Gillespie, George Curtis
Meʼmorchilik uslubi Viktoriya davri reklamasi
NRHP maʼlumotnomasi No. 84002487
Muhim sanalar
NRHPga qoʻshilgan 10-may, 1984-yil
Dizaynlashtirilgan NYCL 13-aprel, 1982-yil

Weir Greenhouse — New York shahri, Brooklyn mavzesi, „Sunset Park“ bogʻida joylashgan Green-Wood qabristonining asosiy kirish eshigi qarshisida qad rostlagan tarixiy issiqxona. Ushbu majmuaning dizayni George Curtis Gillespie tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish ishlari 1895-yilda 50 yil davomida issiqxona biznesi bilan shugʻullangan Brooklynlik gulchi James Weir tomonidan boshqarilgan[1]. Bino toʻrtburchak, yogʻoch ramka va galvanizli temir qismlardan iborat boʻlib, Viktoriya meʼmorchilik sanʼati uslubidagi gumbazlarga ega. Asosiy kirish eshigi sakkizburchak shaklga ega boʻlib, koʻchaning burchak qismida joylashgan. Peshtoqda tepasi sharsimon sakkiz burchakli gumbazi mavjud. Issiqxonaning yon tarafida bir qavatli gʻishtin ofis binosi boʻy choʻzgan[2].

Weirs oʻzining issiqxona biznesinim toki 1971-yilda McGovern oilasiga sotishiga qadar davom ettirgan[3]. Ushbu Bino 1982-yilda New York shahrining diqqatga sazovor joyi sifatida tasdiqlangan[1]. 2012-yilning 2-fevralida Weir issiqxonasi uning qoʻshnisi Green-Wood qabristoni tomonidan sotib olinadi. Biroq, Weirning rejasiga koʻra issiqxonani saqlab qolish va soʻnggi yillarda chirigan elementlarni tiklash kerak edi[4]. 2015-yil boshiga kelib, boʻsh, chirigan binoni tuzilish jihatidan barqarorlashtirish tugallandi hamda ushbu loyihaga koʻra binoning 1895-yilgi koʻrinishini qayta tiklanishi rejalashtirilgandi[1].

2020-yil holatiga koʻra, qayta taʼmilash ishlari hali ham davom etmoqda. Binoning yangi egasi boʻlmish „Green-Wood“ issiqxonani qabristonning tashrif buyuruvchilar markaziga aylantirishni rejalashtirgan[5].

Issiqxona 1982-yilda New York shahrining diqqatga sazovor joyiga aylandi[6]. U 1984-yilda Milliy tarixiy joylar reyestriga kiritilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Restoring a Gem. The Arch. Greenwood Historic Fund (2015).
  2. Austin O'Brien. „National Register of Historic Places Registration:Weir Greenhouse“. New York State Office of Parks, Recreation and Historic Preservation (1982-yil noyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2011-yil.
  3. Restoring a Gem. The Arch. Greenwood Historic Fund (2015).
  4. Richman. „It Is Ours!“. Green-Wood. Green-Wood Cemetery (6-fevral 2012-yil). Qaraldi: 20-iyul 2012-yil.
  5. Vries. „A Newly Rehabbed Roof Is Gleaming at the Historic Weir Greenhouse in Greenwood Heights“. Brownstoner (21-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  6. „Weir Greenhouse“. New York City Landmarks Preservation Commission (13-aprel 1982-yil). Qaraldi: 28-iyul 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]