World Wide Web

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(WWWdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

World Wide Web, Butunjahon oʻrgimchak toʻri, (qisqacha WWW yoki Web), Internetda chop etilgan, hamda bir-biriga oʻzaro bogʻliq hiper matnli hujjatlardan tashkil topgan axborot tizimidir. Ushbu hujjatlarning har biri web-sahifa deb ataladi va veb-sahifalarga Internet foydalanuvchisining kompyuterida ishlaydigan veb-brauzerlar deb nomlangan kompyuter dasturlari orqali kirish mumkin. Veb-sahifalarda matn, rasm, video va boshqa multimedia elementlari boʻlishi mumkin va boshqa linklar va hipermurojaat orqali veb-sahifalarga oʻtish mumkin.

Internet va Web soʻzlari bir xil hodisani tasvirlamaydi. Chunki, Internet faqatgina internetda ishlaydigan xizmatdir. Web konseptini CERN'da faoliyat yurutuvchi dasturchi Tim Berners-Lee yaratdi, u HTML deb ataladigan matnli formatlash tilini ishlab chiqdi. Bugungi kunda, u W3C standartlarni oʻrnatmoqda.