Vorux kitobalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vorux katibalaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Vorux kitobalari, Vorux katibalari — yozuv yodgorlik. Isfayramsoy (Fargʻona vodiysi)ning yuqori qismidagi Vorux qishlogʻi yaqini (4 km nari)dan topilgan. U tik qoyatoshga kufiy yozuvda oʻyib bitilgan. V. k. balandligi 2 m., uz. 6,15 m. 1041 y.ga oid 1-kitobada qoraxoniylar sulolasiga mansub Isfara hukmdori Abulfazl Abbos Arslon Teginning nomi va nasabi, uning ayrim ishlari yozilgan. 2-kitoba hali oʻqilmagan; bunisi 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida yozilgan deb taxmin qilinadi. V. k. qoraxoniylar sulolasi hukmronligi tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil