Volodymyr Ariev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Volodimir Ariyev konferentsiyada (2012-yil)

Volodimir Ariyev — ukrainalik jurnalist, kinorejissyor, "Cheklangan hudud" loyihasining muallifi. Shuningdek, u 2007-yilgi Ukraina parlament saylovlaridan buyon Ukraina parlamenti deputati, 2015-2019-yillarda Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Ukraina delegatsiyasining raisi, Yevropa Parlament Assambleyasi vitse-prezidenti (2015, 2018), Yevropa Parlamenti Assambleyasining Madaniyat, taʼlim, fan va ommaviy axborot vositalari qoʻmitasi prezidenti (2016-2017).

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Volodymyr Ariev 1975-yil 31-martda Ukraina poytaxti Kiyevda tug'ilgan.[1][2]

Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1993-yil fevral - 1994-yil oktyabr — muxbir yordamchisi, BBC Ukraina va Rossiya xizmatlarining stringeri (masofadan ishlovchi va ishbay oylik oluvchi muhbir va fotograf) bo'lib ishlagan, (Kiyev)
  • 1994-yil oktyabr - 1996-yil yanvar — "Internyus" maxsus muxbiri, "Vikna-novyny" yangiliklar dasturining boshlovchisi.
  • 1996-yil yanvar - 1996-yil may — "Vikna" axborot agentligida maxsus muxbir
  • 1996-yil may - noyabr — UT-1 kanalidagi "Xayrli tong Ukraina!" yangiliklar blokining boshlovchisi.
  • 1996-yil noyabr - 2003-yil sentyabr — Axborot-tahlil xizmati, Inter telekanali maxsus muxbiri
  • 2002-yil — TSN, 1+1 studiyasi jurnalisti
  • 2003-yil mart - 2004-yil mart — mustaqil jurnalist va "Viloyatdan tashqari" (STB) dasturi muallifi,"Zerkalo Nedeli" haftalik dasturida mustaqil yozuvchi; "Profi TV" AJ televizion axborot agentligining maxsus muxbiri
  • 2004-yil mart - 2005-yil dekabr — "Yopiq hudud", "5-kanal" dasturining rejissyori va muallifi
  • 2007-yil — 5 Kanal Vladimir Ariev prodyuserlik markazi bilan hamkorlikni parlament saylovlarida ishtirok etgani sababli to'xtatdi.

2007-yil noyabr oyidan beri "Bizning Ukraina - O'zini o'zi himoya qilish xalq bloki" ro'yxatlari bo'yicha saylangan Oliy Radaning 6-chi deputati .

2012-yil noyabr oyida Oliy Radaning deputatligiga ikkinchi muddatiga 218-sonli Kiev saylov okrugida saylangan.

2014-yil noyabrida esa 8-Oliy Rada deputatligiga uchinchi muddatga Petro Poroshenko bloki uchun qayta saylangan.

2015-yildan beri Ukraina PASE delegatsiyasining raisi bo'lib kelmoqda.

2015-. 2018-yillarda PACE vitse-prezidenti bo'lgan.

2016-2017-yillarda Yevropa Parlamenti Assambleyasining Madaniyat, taʼlim, fan va ommaviy axborot vositalari qoʻmitasi prezidenti, Yevropa Parlamenti Assambleyasining OAV erkinligi va jurnalistlar xavfsizligi boʻyicha Bosh maʼruzachisi bo'lgan

2017-yil sentyabr oyidan boshlab Ariyev "Direct" telekanalida siyosiy tok-shouni olib boradi.

2019-yilgi Ukraina parlament saylovida "Yevropa birdamligi" partiyasi uchun 4-marta parlamentga saylangan.

Kino sanoatida yaratgan filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Donetsk mafiyasi. "Zmina" studiyasida, 2007-yil.
  • 1960-yilgi Kiev fojiasi. 2008-yil
  • Qora dengiz sirlari. 2009-yil
  • Ukraina: demokratiyadan xaosgacha. Grain de Sables (Fransiya) bilan birgalikda yaratilgan. 2012-yil

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004-yilda Inson huquqlari mavzusini ommaviy axborot vositalarida eng yaxshi yoritgani uchun V.Marchenko mukofoti sovrindori bo'lgan
  • 2005-yilda Jurnalistikadagi muvaffaqiyat uchun O. Krivenko mukofoti bilan mukofotlangan.
  • "TV-triumf" milliy mukofoti sovrindori (2005, 2006)

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ariev "Cheklangan hudud" prodyuserlik kompaniyasi bosh muharriri Natalka Fitsich (1977-yilda tug'ilgan) bilan turmush qurgan. Ularning Yarina (2000-yilda tug'ilgan) ismli qizi bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Рубан Виктор“.
  2. „Archived copy“. w1.c1.rada.gov.ua. 2010-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Archived copy“. ubop.net.ua. 2010-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]