Vohid Kozimov
Vohid Oxunovich Kozimov (1927-yil, Toshkent — 2009-yil 15-aprel) — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kozimov Vohid Oxunovich 1927-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1952-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
V.Kozimov 1949-yilda Toshkent shahridagi temir yoʻl muhandislari institutining Temir yo‘llardan foydalanish fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha — Temir yo‘l muhandisi.
Vohid Oxunovich 1949-1985-yillar mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan,
1949-yilda Toshkent temir yo‘llarining Gorchakovo stansiyasi navbatchisi;
1949-1950-yillarda Serovo stansiyasi (IV klass), hozirgi Furqat stansiyasi boshlig‘i;
1950-1951-yillarda Namangan stansiyasi boshlig‘i (III toifa);
1951-1952-yillarda Qo‘qon stansiyasi bosh muhandisi (I toifa);
1952-1953-yillar Marg‘ilon stansiyasi boshlig‘i (II toifali);
1953-1956-yillarda Toshkent temir yo‘lining siyosiy bo‘limi instruktori -Injener-kapitan vazifasida ishlagan.
1956-1957-yillarda „Toshkent temir yo‘li“ DAK ekspluatatsiya va taqsimlash boshqarmasi boshlig‘ining katta yordamchisi;
1957-1958-yillarda Toshkent shahar yuk stansiyasi boshlig‘i;
1958-1959-yillarda „Toshkent tovar“ stansiyasi boshlig‘i (sinfdan tashqari stansiya);
1959-1962-yillarda Toshkent temir yoʻli siyosiy qismining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;
1962-1963-yillarda — Toshkent temir yo‘lining Farg‘ona filiali Qo‘qon shahar boshlig‘i. III darajali Bosh direktori;
1963-1969-yillarda Qo‘qon shahar partiya qo‘mitasining birinchi kotibi;
1969-1972-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Transport va kommunikatsiyalar bo‘limi mudiri;
1972-1985-yillarda Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi raisi;
1985-1987-yillarda O‘zbekiston SSR Qurilish vazirligining „Orgtexstroy“ instituti bosh muhandisi;
1987-2001-yillarda Qurilish iqtisodiyotini tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
2001-2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish qo‘mitasi huzuridagi Qurilish kompleksini isloh qilish va qurilishda narxlarni belgilash markazida Ilmiy maslahatchi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Kozimov 2009-yilning 15-aprelida vafot etgan.
Vohid Oxunovich Kozimov shuningdek:[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 1963-yilda Farg‘ona viloyat Kengashining 10-chaqiriq deputati;
- 1971-yilda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 8-chaqiriq deputati, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Transport va aloqa masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi;
- 1973 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod. XVIII partiya qurultoyi.
- 1975-yilda Oliy Kengash 9-chaqiriq deputati, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi.
- 1978 yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. O‘zbekiston Kompartiyasining IXX qurultoyi.
- 1980-yil Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputati, Oliy Kengash 10-chaqiriq Prezidiumi aʼzosi.
- 1981-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi. (O‘zbekiston Kompartiyasining XX qurultoyi) etib saylangan.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni;
- „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni (3).
Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- SSSR faxriy transport quruvchisi
- Shaxsiy nafaqaxoʻr
Ilmiy darajasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi: „Murakkab hududiy komplekslarni boshqarish“.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Hayot mazmuni“ kitobi: Vohid Oxunovich Kazimov hayoti va ijodi haqida
- Kazimov Vohid Oxunovich. Afrikalik birodar: [Oh doʻstim. Toshkent va Tunisning birodarlashgan shaharlari oʻrtasidagi munosabatlar. — „Pravda Vostoka“, 1978 yil, 25 iyun.
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi deputatlari (toʻqqizinchi chaqiriq)
- Vohid Kazimov tavalludining 90 yilligi