Vladimirets (Rovno viloyati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladimirets (ukraincha: Володимирець) — Ukrainaning Rovno viloyati Varashskiy tumanida joylashgan shahar tipidagi aholi punkti hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimirets Volin hududidagi qishloq hisoblanar edi.

1795-yilda u Rossiya imperiyasining tarkibiga kiritildi. Volin viloyati ega Lutsk tumanining volost markaziga aylandi. 1870-yilda 149 ta uy va 1083 aholi istiqomat qilar edi .

1918-1991-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yil noyabr oyida bu yerda Sovet hokimiyati oʻrnatiladi, ammo 1918-yil fevral oyidan 1918-yil noyabrigacha bu yer Avstriya-Germaniya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Kelajakda qishloq fuqarolar urushi zonasida edi. Sovet-Polsha urushi paytida Vladimirets Polsha qoʻshinlari tomonidan bosib olingan va 1921-1939-yillarda. u Polshaning Volin voevodeligi kommunasining markazi edi, 1939-yil sentyabrda u SSSR tarkibiga kirdi va Ukraina SSRning Rovno viloyatining viloyat markaziga aylandi.

Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan keyin 1941-yil 3- iyulda Vladimirets oldinga s harakat qilib kelayotgan nemis qoʻshinlari tomonidan bosib olindi . Bosqin davrida fashistlar Vladimiretsda ikki mingga yaqin odamni otib oʻldiradilar, oʻnlab uylarni yoqib yuboradilar va vayron qildilar, bir qancha odamlar majburiy mehnat uchun Germaniyaga olib ketildi.

1943-yil 7-fevralda Grigoriy Pereginyak qoʻmondonligi ostida yuzlab UPA qishloqqa hujum qildi va nemis qoʻshinlarini magʻlub etdi . 1943-yil 8- avgustda Vladimirets yana UPA hujumining nishoniga aylandi. Bu safargi hujumning asosiy maqsadi Polsha aholisiga qarshi qaratilgan edi, ular xayrixoh millatchilardan ogohlantirish olib, Avliyo Iosif cherkovida yashirinishga urunishadi. Polyaklarga yordam berish uchun nemis qoʻshinlari yetib keladi. UPAni keyingi hujumlardan voz kechishga va chekinishga majbur qildi [1] .

1944-yil 13-yanvarda Sovet partizan boʻlinmasi A. N. Saburova viloyat markazini egallab, sovet qoʻshinlari yaqinlashguncha ushlab turdi [2] .

1944-yil 23-fevraldan 24-fevralga oʻtar kechasi UPA otryadi Vladimiretsga uchinchi marta hujum uyushtirdi. NKVD tuman bo‘limi binosini 400 ga yaqin millatchi qurshab olgan edi. UPA dastlab ularni qurollarini tashlashga erishti keyinchalik esa oʻqga tutadi. Jang 2,5 soat davom etdi, mudofa koʻp bardosh bera olmadi, mudofachilar orqaga chekindi. Sovet qoʻshinlari toʻrt kishi halok boʻldi va etti kishi yaralandi. Oʻlganlar orasida, boshqa narsalar qatori, qiruvchi batalyonning vzvod komandiri Samitskiy [3]

1957-yilda Vladimirets shahar tipidagi aholi punkti nomini oldi va bu yerda viloyat gazetasi nashr etilishi boshlandi [4] . 1959-yil yanvar oyida aholi soni 3124 nafarni tashkil qilar edi [5] .

1969-yilda aholi soni 4,6 ming kishidan orti. Bu hududa odamlar, kraxmal zavodi, gʻisht zavodi va oʻtloq melioratsiya stansiyasilarini qurishti [6] .

1989-yil yanvar oyida aholi soni 8395 ming kishidan orti [7] .

1991-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yil may oyida Ukraina Vazirlar Mahkamasi Sital zavodini qurish va yoʻlga qoʻyish hamda yoʻl qurilish korxonasi hamda tuman qishloq xoʻjaligi kimyosini tashkil qilish[8] uchun qarorni imzoladi. 1995-yil iyul oyida sut va zigʻir zavodlarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorni imzolandi.

2013-yil 1-yanvar holatiga aholi soni 8969 kishini tashkil etdi [9] .

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu hudud eng yaqin temir yoʻl stantsiyasidan 18 km uzoqlikda joylashgan [6] .

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Motika Ґjeґoj. Vіd volinskoї rіzanini do operatsії „Vіsla“. Polsko-ukraїnskiy konflіkt 1943‒1947 rr. / Avtoriz. per. z pol. A. Pavlishina, pіslyam. d.і.n. І. Іlyushina. ‒ K.: Dux і lіtera, 2013. ‒ s. 92
  2. Sovetskie partizani: iz istorii partizanskogo dvijeniya v godi Velikoy Otechestvennoy voyni / red.-sost. V. Ye. Bistrov, red. Z. N. Politov. M., Gospolitizdat, 1961. str.498
  3. Lіtopis UPA. Nova serіya. T.4: Borotba proti UPA і natsіonalіstichnogo pіdpіllya: іnformatsіynі dokumenti TsK KP(b)U, obkomіv partії, NKVS-MVS, MDB-KDB 1943-1959. Kniga persha: 1943-1945 / HAN Ukpaїni. Instityt ykpaїnskoї apxeogpafii ta djepeloznavstva іm . M. C. Gpyshevskogo; Bidavnitstvo „Litopis UPA“ ta іn. — Kiїv-Toronto, 2002. — s. 190
  4. № 3076. „Leninskaya zarya“ // Letopis periodicheskix i prodoljayuщixsya izdaniy SSSR 1986—1990. Chast 2. Gazeti. M., „Knijnaya palata“, 1994. str.402
  5. „Всесоюзная перепись населения 1959 г.“. 2012-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  6. 6,0 6,1 Vladimires // Bolshaya Sovetskaya Ensiklopediya. / pod red. A. M. Proxorova. 3-e izd. tom 5. M., „Sovetskaya ensiklopediya“, 1971.
  7. „Всесоюзная перепись населения 1989 г. Численность городского населения союзных республик, их территориальных единиц, городских поселений и городских районов по полу“. 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  8. „Постанова Кабінету міністрів України № 343б від 15 травня 1995 р. «Перелік об'єктів, що підлягають обов’язковій приватизації у 1995 році»“. 2018-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
  9. „Чисельність наявного населення України на 1 січня 2013 року. Державна служба статистики України. Київ, 2013. стор.90“. 2013-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.