Vladimir Rjepetskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Rjepetskiy Mixail Karlovich
Tavalludi 7-noyabr 1853-yil
Revel, Rossiya imperiyasi
Vafoti 6-sentabr 1914-yil (60 yosh)
Rossiya imperiyasining maʼmuriy-hududiy birlikdagi Toshkent okrugi
Fuqaroligi  RossiyaRossiya imperiyasi
Xizmatdagi yillari 1870-1905-yillar
Unvoni General-mayor RIA
Lavozimi Piyoda qoʻshinlari
Jang/urush Xiva va Qoʻqon xonliklariga qarshi yurishlarda ishtirok etish

Rjepetskiy Vladimir Mixail Karlovich (1853-yilning 7-noyabrida Revel, Rossiya imperiyasida tugʻilgan. — 1914-yil 6-sentabrda Rossiya imperiyasining maʼmuriy-hududiy birlikdagi Toshkent okrugi, Troitskoy tumanida vafot etgan) — rus armiyasining general-mayori, rus armiyasining Тurkistonga yurishlari ishtirokchisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Rjepetskiy polshalik Rjepetskiy oilasining vakili hisoblanadi. U Voronej harbiy gimnaziyasida tahsil olgan.

  • 1870-yil 30-avgustda 3-harbiy Aleksandr maktabiga oʻqishga kirgandan soʻng kursant sifatida xizmat qila boshlagan.
  • 1872-yil 21-iyulda maktabning 1-toifali fanlar kursini tamomlagan va 1-Turkiston miltiq batalyonida ikkinchi leytenant unvonini olgan.
  • 1874-yil 18-yanvarda Xiva xonligidagi janglarda harbiy yurishi uchun leytenant unvoni berilgan.
  • 1876-yil 16-noyabrda Qoʻqon xonligiga qarshi yurishlarda koʻrsatgan jasorati uchun shtab kapitanligi lavozimiga koʻtarilgan.
  • 1880-yil 7-iyunda xizmatdagi natijasi uchun kapitan unvoniga sazovor boʻlgan.
  • 1885-yilda оfitserlar miltiq maktabi(OSSh) (Rossiya imperiyasi Qurolli Kuchlari Rossiya armiyasining harbiy taʻlim muassasasi)ni „muvaffaqiyatli“ tamomlagan.
  • 1890-yil 25-iyulda 4-Turkiston otishma batalyoniga xizmat qilish uchun oʻtkazilgan.
  • 1891-yil 26-fevralda 88-zaxiradagi piyodalar bataloniga oʻtkazilgan holda podpolkovnik unvoniga sazovor boʻlgan.
  • 1891-yil 20-martda 1-Turkiston miltiq batalyoniga yuborilgan.
  • 1900-yil 31-iyulda 1-Turkiston miltiq batalyoniga komandir etib tayinlanishi bilan unga polkovnik unvoni berilgan.
  • 1903-yil 2-sentabrda Buyuk Imperator Buyuk Gertsog Hazrati Oliylari Aleksey Aleksandrovichning 17-Sharqiy Sibir otishma polkining komandiri etib tayinlangan.
  • 1905-yil 13-iyulda general-mayor unvonini olgan.
  • 1905-yil 2-avgustda sogʻligʻi sabab xizmatdan boʻshatilgan va nafaqaga chiqarilgan.
  • 1914-yil 6-sentabrda Vladimir Rjepetskiy surunkali pnevmoniya kasalligi bilan Toshkentning Troitskiy tumanida joylashgan uyida vafot etgan.
  • General-mayor Rjepetskiy Toshkent shahridagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

=== Ordenlar ===:

  • 1874-yil 21-yanvarda „Jasorati uchun“ „IV-darajali Sankt-Anne“ ordeni;
  • 1876-yil 15-fevralda qilich va kamon bilan „III-darajali Stanislav“ ordeni;
  • 1877-yil 28-yanvarda qilich va kamon bilan „III-darajali Sankt-Anne ordeni;
  • 1877-yil 28-yanvar qilich bilan „II-darajali Stanislav“ ordeni;
  • 1888-yil 29-dekabrda „II-darajali Sankt-Anne“ ordeni;
  • 1898-yil 3-aprelda „25 yil davomida“ yozuvi bilan „IV-darajali Muqaddas Vladimir“ordeni;
  • 1904-yil 12-iyunda qilich bilan „III-darajali Muqaddas Vladimir“ ordeni;
  • 1904-yil 11-noyabrda „Jasorat uchun“ oltin qurol bilan;
  • 1897-yil 29-noyabrda „III-darajali Buxoroi sharif“ ordeni bilan taqdirlangan.

Medallar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Xiva yurishi uchun“ medali;
  • „Qoʻqon xonligini zabt etgani uchun“ medal;
  • „Imperator Aleksandr III hukmronligi xotirasiga“ medal;
  • „1853-1895-yillardagi Markaziy Osiyodagi yurishlari uchun“ kumush medal.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Karlovich podpolkovnik Karl Karlovich Rjepetskiyning (1847-1894-yillar) akasi boʻlgan. Uning tanasini qoldiqlari 2017-yilning aprel oyida Turkiyaning Ardagan shahrida topilgan. Dastlab, qoldiqlar rus generali va 1877-1878-yillardagi rus-turk urushi qatnashchisi Vasiliy Geymanga tegishli deb taxmin qilingan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • РГВИА. Ф. 409. Оп. 2. Д. 3111. Послужной список 263—137. Л. 5, 6, 31-39, 19, 15.5.1905 г.;
  • РГВИА. Ф. 400. Оп. 17. Д. 23349. Л. 1-2, 5.