Vladimir Andreyevich Steklov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Steklov Vladimir Andreyevich [1863.28.12, Gorkiy (hozirgi Nijniy Novgorod) — 1926.30.5, Qrim; SanktPeterburgda dafn etilgan] — rus matematigi. Peterburg Fanlar akademiyasi akademik (1912) vitseprezidenti (1919—26), N. A. Dobrolyubovning jiyani.

Ilmiy ishlarining asosiy qismi aniq matematik usullarni tabiatshunoslikka qullashga, matematik fizikaning chegaraviy masalalariga bagʻishlangan. Potensiallar nazariyasiga, Gilbert fazosi tushunchasiga katta ahamiyat berdi. Soha chegarasida nolga aylanuvchi funksiyalar uchun aniq konstantal Puankare tengsizligi tipidagi funksional tengsizlik kiritdi.