Kontent qismiga oʻtish

Vitaliy Popkov haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, uchuvchi Vitaliy Ivanovich ― Popkovning byust haykali 1953-yil 17-noyabrda Moskvada Samotechnaya koʻchasidagi bogʻda tantanali ravishda ochilgan. Yodgorlik mualliflari haykaltarosh L. E. Kerbel va meʼmor L. G. Golubovskiydir[1]. Yodgorlik hududiy ahamiyatga ega boʻlgan madaniy meros obʼyekti maqomiga ega[2].

V. I. Popkovning bronza byusti granit poydevorga oʻrnatilgan. Uchuvchi parad formasini kiygan holda barcha mukofotlar bilan tasvirlangan. Boshining holati frontaldir. Byustda haykaltarosh oʻziga xos kayfiyatni ifodalab, Popkovning mardligi, irodasi, halolligi, insonparvarligi, hayotga muhabbatini ifodalovchi xususiyatlarga eʼtibor qaratgan. Sanʼatshunos A. I. Zamoshkin shunday deb yozgan: "Mard, xotirjamlikka toʻla, ochiq chehra tomoshabinni oʻziga jalb qiladi, qahramonga boʻlgan ishonchni uygʻotadi "[3]. Yodgorlik silueti uzoqdan yaxshi koʻrinib turad va maydon landshaftiga mosdir[3].

Pyedestal byust bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, yodgorlikni hashamatli qilib koʻrsatadi. Ukrainadan olib kelingan, toʻq qizil rangli sayqallangan granitdan yasalgan baland silindrsimon poydevor pastki qismida kub shakliga oʻtadi[3]. Poydevorning old tomonida, V. I. Popkovni ikkinchi „Oltin yulduz“ medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon va uning sharafiga haykal oʻrnatish toʻgʻrisidagi buyruq matni yozilgan, bronza lavha oʻrnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кожевников Р. Ф. „Памятники героям Советского Союза“,. Скульптурные памятники Москвы. М.: Московский Рабочий, 1983. 
  2. Vestnik Mera i Pravitelstva Moskvi № 65-noyabr 2011 (2189)[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 3,2 Zamoshkin A. I. Lev Yefimovich Kerbel. M. Sovetskiy xudojnik. 1967. — S. 56