Vitaliy Goloskokov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitaliy Goloskokov
Tavalludi 30-mart 1913-yil
Toshkent
Vafoti 27-dekabr 1998-yil
Olmaota
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston

Vitaliy Petrovich Goloskokov (1913–1998) – Sovet botaniki, Qozogʻiston flora va oʻsimliklari boʻyicha mutaxassis.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yil 10-martda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud yopgan. 1920-yildan beri Vitaliy Petrovichning oilasi Verniy shahrida (Olmaota) yashagan. Moskva rangli metallar va oltin institutida, 1933-yildan Sverdlovsk konchilik institutida tahsil olgan.

Vitaliy 1934-yilda kasallik tufayli yana Olmaotaga koʻchib oʻtdi va Qozogʻiston davlat universitetiga oʻqishga kirdi. 1939-yildan SSSR Fanlar akademiyasining Qozogʻiston boʻlimining botanika sektorida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Goloskokov Ulugʻ Vatan urushi boshida frontda xizmat qilgan va ogʻir yaralangan.

Vitaliy Petrovich davolanganidan soʻng, 1942-yildan Fanlar akademiyasi filialida botanika tadqiqotlarini davom ettirdi va ekspeditsiyalar oʻtkazdi. 1947-yilda Nikolay Vasilyevich Pavlov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

U „Flori Kazaxstana“ni (1956–1966) tuzishda qatnashgan va buning uchun 28 oila va jami 688 turdagi oʻsimliklarga qayta ishlov bergan. „Illyustrirovannogo opredelitelya rasteniy Kazaxstana“ning masʼul muharriri boʻlib ishlagan. 1957—1975-yillarda Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika institutining flora boʻlimini boshqargan.

1984-yilda „Flora Djungarskogo Alatau“ monografiyasini nashr etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]