Vinsent Kesteloot (basketbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinsent Kesteloot (1995-yil 23-martda tugʻilgan) – Basketbol Bundesligasining (BBL) USC Heidelberg jamoasi uchun belgiyalik professional basketbolchilardan biri hisoblanadi[1][2]. Vinsent Kestelootning boʻyi 6 ft 7 in (2.01 m)ni tashkil etadi. Vinsent Kesteloot asosan kichik hujumchi sifatida oʻynaydi.

Professional martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vinsent Kesteloot basketboldagi professional faoliyatini 2014-yilda Okapi Aalstar terma jamoasi bilan boshlagan. Vinsent Kesteloot oʻzining yangi mavsumida Vinsent Kesteloot Belgiya ligasining eng istiqbolli oʻyinchilaridan biri sifatida sovrinini qoʻlga kiritgan.

2016-yil 13-iyunda Kesteloot Oostende terma jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3]. Vinsent Kesteloot 2018-yilning 17-iyunida jamoasi bilan yana bir yilga shartnomasini 2019-yilga qadar uzaytirgan[4]. Oostende terma jamoasi bilan Vinsent Kesteloot ketma-ket uch mavsum Belgiya Pro Basketbol Ligasida gʻolib chiqgan. Shundan keyin Vinsent Kesteloot 2019-yil 2-iyulda Telenet Giants Antverpen terma jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[5]. 2021-yil 1-sentyabrda Vinsent Kesteloot BNXT ligasi Spirou terma jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6].

2022-yil 1-oktyabrda Vinsent Kesteloot Basketbol Bundesligasining USC Heidelberg bilan shartnoma imzolagan[7]. U yerda ham jamoasi bilan koʻplab yutuqlarga erishib kelgan.

Xalqaro martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vinsent Kesteloot Belgiyani 2015-yilgi FIBA 20 yoshgacha boʻlgan basketbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida jamoasini munosib tarzda himoya qilgan[8]. Bu orqali Vinsent Kesteloot katta maosh ham olgan. Shu tariqa Vinsent Kesteloot juda qattiq mehnat qilganligi sababli Yevropa terma jamoalarining top klublari ushbu sportchiga boʻlgan qiziqishi ortmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Okapi Aalstar profile
  2. Eurobasket.com
  3. Telenet Oostende lands Vincent Kesteloot
  4. „Vincent Kesteloot minstens tot juni 2019 bij BC Oostende“. Site-KW-NL (2017-yil 19-iyun). Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
  5. „Antwerp Giants plukken Vincent Kesteloot weg bij Oostende“. Gazet van Antwerpen. Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
  6. „Vincent Kesteloot signs open contract with Spirou Charleroi“ (En). Sportando (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  7. „MLP Academics verpflichten Belgier Kesteloot“ (En). mlp-academics-heidelberg.de (2022-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.
  8. FIBA Europe profile

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]