Viktor Fayzulin
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Viktor Igorevich Fayzulin | ||
| Tavallud sanasi | 1986-yil 22-aprel | ||
| Tavallud joyi | Nakhodka, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
|
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 15-noyabr uchun) | |||
Viktor Igorevich Fayzulin (ruscha: Виктор Игоревич Файзулин 1986-yil 22-aprelda tugʻilgan) — yarim himoyachi sifatida oʻynagan sobiq Rossiyalik futbolchi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzining tugʻilib oʻsgan shahri Naxodkada joylashgan TYTU bitiruvchisi hisoblanadi, u professional faoliyatini Okean Naxodka jamosida boshlagan. Keyinchalik u SKA-Energiya va Nalchikning Spartak klublarida oʻynagan. 2007-yilning dekabrida u „Zenit“ jamoasi bilan 2010-yilning dekabrigacha shartnoma imzolagan. 2012-yilning fevralida u shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan[2]. 2017-18-yilgi mavsum oxirida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan shartnomasi tugagan, u jarohati tufayli 2,5 yil oʻtkazib yuborganidan keyin faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiyaning oʻsmirlar terma jamoasi(2004) va Olimpiya(2006) terma jamoalariga jalb qilingan. 2007-yildan beri u Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynamoqda. Terma jamoa tarkibida 7 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. Rossiyaning ikkinchi terma jamoasida ham 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
2012-yil 15-avgustda u Rossiya terma jamoasi uchun birinchi oʻyinini oʻtkazdi, u Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida boshlab, butun oʻyinni oʻtkazgan. 2012-yil 7-sentabrda 2014-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida Shimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan ikkinchi oʻyinda u oʻzining birinchi golini Aleksandr Kerjakovning passidan soʻng kiritigan[3]. Toʻrt kundan soʻng, Isroil terma jamoasiga qarshi bahsda u Rossiya terma jamoasi uchun ikkinchi golini kiritgan va Aleksandr Kerjakovga ham golli uzatma bergan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Klub | Div | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
| Okean Nakhodka | D3 | 2004 | 9 | 0 | 2 | 0 | — | 11 | 0 | |
| Jami | 9 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 | ||
| SKA-Energia Khabarovsk | D2 | 2004 | 17 | 6 | 2 | 0 | — | 19 | 6 | |
| 2005 | 14 | 1 | 0 | 0 | — | 14 | 1 | |||
| 2006 | 20 | 1 | 1 | 0 | — | 21 | 1 | |||
| Jami | 51 | 8 | 3 | 0 | 0 | 0 | 54 | 8 | ||
| Spartak Nalchik | D1 | 2007 | 28 | 3 | 0 | 0 | — | 28 | 3 | |
| Jami | 28 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 28 | 3 | ||
| Zenit Saint Petersburg | D1 | 2008 | 24 | 6 | 1 | 0 | 11 | 1 | 36 | 7 |
| 2009 | 16 | 0 | 2 | 0 | 4 | 1 | 22 | 1 | ||
| 2010 | 14 | 2 | 1 | 0 | 5 | 0 | 20 | 2 | ||
| 2011-12 | 34 | 4 | 2 | 1 | 10 | 1 | 46 | 6 | ||
| 2012-13 | 24 | 6 | 4 | 0 | 8 | 1 | 36 | 7 | ||
| 2013-14 | 26 | 3 | 1 | 0 | 9 | 0 | 36 | 3 | ||
| 2014-15 | 14 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 23 | 0 | ||
| 2015-16 | 5 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 6 | 0 | ||
| 2016-17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
| 2017-18 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
| Jami | 157 | 21 | 12 | 1 | 56 | 4 | 225 | 26 | ||
| Karyerada jami | 245 | 32 | 17 | 1 | 56 | 4 | 318 | 37 | ||
Xalqaro maydondagi gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 07.09.2012 | „Lokomotiv“ stadioni, Moskva | 1 — 0 | 2-0 | 2014-yilgi jahon chempionati saralashi | |
| 2. | 11.09.2012 | Ramat Gan stadioni, Ramat Gan | 4 — 0 | 4-0 | 2014-yilgi jahon chempionati saralashi | |
| 3. | 25.03.2013 | Stamford Bridj, London | 1 — 0 | 1-1 | Oʻrtoqlik | |
| 4. | 11.10.2013 | Stade Josy Barthel, Lyuksemburg | 2 — 0 | 4-0 | JCH-2014 saralashi |
Karyera mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zenit Sankt-Peterburg
- UEFA Superkubogi gʻolibi: 2008-yil
- UEFA kubogi gʻolibi: 2008-yil
- Rossiya chempioni (3): 2010, 2012, 2015
- Rossiya kubogi sohibi (2): 2010, 2016
- Rossiya Superkubogi sohibi (3): 2008, 2011, 2015
- Rossiya chempionatining kumush medali sovrindori (2): 2013, 2014
- Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2): 2009, 2016
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.sports.ru/victor-faizullin/
- ↑ „Sputnik News - World News, Breaking News & Top Stories“.
- ↑ „Группа F. Россия победила Северную Ирландию“. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
