Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya II marafoni/Hududiy oyliklar/Toʻldirilgan mavjud maqolalar

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotosuratlar[manbasini tahrirlash]

Voha oyligi davomida tahrirlangan baʼzi maqolalarga faqatgina fotosurat qoʻshilganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Baholash jarayonida esa mazkur turdagi tahrirlarda chalkashliklar ham yuzaga kelmoqda. Baʼzi hakamlar 1 ball bersa, baʼzilar 0.5, boshqalar esa 0 ball berish hollari kuzatilmoqda. Qoidamizda bu borada tahrirlash talablari, yaʼni Kamida 200 soʻz qoʻshgandan keyin qoʻshimcha ball nazarda tutilgan. Bundan kelib chiqadiki, shu vaqtga qadar qoidalarda faqatgina fotosurat uchun ball berilishi koʻzda tutilmagan. Shu sababli, mazkur marafonda faqat fotosurat yuklash orqali tahrir qilgan foydalanuvchilarga 0 ball berishni, keyingi oylikdan esa konsensus asosida 0.5 balldan berishni taklif qilaman.

Hurmatli hakamlar Nataev, Malikxan, Kagansky, Jamshi Nurqulov, Mirzoulugʻbek, Artemev Nikolay, Panpanchik, Salazarov, Umarxon III, Alpasli, Boboyev1996, ShohjahonSobirov, Hilola Jurakulova, Miss Kamola, Kamol Azzam mazkur masalada umumiy konsensusga kelishimiz uchun fikrlaringizni bildirib, ovoz berishingizni soʻrayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:07, 1-Sentabr 2023 (UTC)

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman Aslida foto uchun +1 ball bu qoʻshimcha yaʼni qachonki maqolani tahrir qilsagina qoʻshilishi kerak boʻlgan ball hisoblanadi. Shunday ekan maqolani hech qanday tahrir qilmay, birgina surat uchun ball olib ketaverish bu aslida mavjud qoidaga ham zid. PanPanChik #yozish 05:14, 1-Sentabr 2023 (UTC)
  2.  Roziman Birgina rasm joylangani uchun ball berilishi menimcha ham qoidalarga toʻgʻri kelmaydi Miss Kamola (munozara) 11:23, 1-sentyabr 2023 (UTC)
  3.  RozimanAlpasli (munozara) 09:47, 1-Sentabr 2023 (UTC)
  4.  Roziman — marafon boshidan beri fotosurat uchun qoʻshimcha ball beriladi deyilgan, bu degani asosiy ball emas, yaʼni qachonki ishtirokchi maqolani risoladagidek tahrir qilib qoʻygan boʻlsa va qoʻshimcha sifatida oʻzi suratga olgan fotosuratni Vikiomborga yuklasagina qoʻshimcha ball berilishi koʻzda tutilgan edi, ayrim ishtirokchilar faqat rasm qoʻshgani uchun, hatto oʻzi olmagan rasmni Vikiomborga yuklagani uchun ball olgan holatlar kuzatildi, bu har qanaqasiga qoidalarga zid. Menimcha qoidalarning shu qismini koʻpchilik tushunmagan, balki sahifada tushunarsiz yozgandirmiz. Keyingi tanlovlarda faqat rasm kiritganlik uchun 0,5 ballni qoʻlga kiritishga qarshiman, mavjud qoidalar saqlangani maʼqul, faqat ularni barchaga tushunarli qilib qoidalar sahifasiga yozib qoʻyishimiz kerak ekan. Jamshid Nurqul (munozara) 16:08, 3-Sentabr 2023 (UTC)
  5.  Roziman. + 0,5 ball berilishiga qarshiman. — Kagansky munozara 09:57, 12-Sentabr 2023 (UTC)
  6.  RozimanProgrammer (munozara) 13:55, 15-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]