Vikipediya:Yosh tahrirchilar uchun qoʻllanma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Vikipediya „har kim tahrir qilishi mumkin boʻlgan ensiklopediya“ boʻlsa-da, unda baʼzi qoidalar mavjud. Vikipediyani tahrirlash yoki yangi maqolalar yozish uchun yosh cheklovi yoʻq. Vikipediyada siz yozgan maqolangiz sifati, boshqa kishilar yozgan maqolaga qanday oʻzgartirishlar kiritganingiz va boshqa tahrirchilar bilan qay tarzda munosabatda boʻlishingiz muhimdir. Buning uchun sizga bir qancha koʻrsatmalar kerak boʻlishi mumkin. Umid qilamizki, bu yerda yozilgan matnlarda siz uchun kerakli maslahatlar berilgan. Vikipediyani tushunish uchun zarur boʻlgan boshqa muhim sahifalarni havolalar orqali topib oʻqing.

Ota-onalar, vasiylar, oʻqituvchilar va boshqa kattalar ham ushbu sahifani oʻqishdan foyda olishlari mumkin.

Xavfsizligingiz va maxfiyligingiz[manbasini tahrirlash]

  • Parolingizni hech kimga bermang, hatto u kishi Vikipediya administratoriman degan taqdirda ham;
  • Hisobingizni baham koʻrmang. Oilangiz yoki doʻstlaringizga hisobingizdan foydalanishiga yoʻl qoʻymang. Agar ular notoʻgʻri hissa qoʻshgan taqdirda, buning uchun siz javobgar boʻlasiz;
  • Ishingiz tugagach, hisobingizdan chiqishni unutmang, ayniqsa, boshqa birovning qurilmasidan kirgan boʻlsangiz;
  • Agar sizda hisob qaydnomasi boʻlsa, tahrirlash vaqtida oʻsha hisob bilan tahrirlashga harakat qiling. Uzrli sabablarsiz qoʻshimcha hisoblardan foydalanmang;
  • Vikipediya va tegishli loyihalardan tashqarida, jumladan, manzili, nomi va dizayni oʻxshash saytlarda taxallus (yozuv nomi), parol yoki shunga oʻxshash nomlardan foydalanmang;
  • Yozayotgan matningizga eʼtiborli boʻling: hech qachon telefon raqamingizni va uy manzilingiz haqida maʼlumot bermang, ishtirokchi nomidan haqiqiy familiyangiz, ismingiz va otangizning ismingiz yoki oʻzingiz haqingizda biror narsaga ishora qilmang. Shaxsiy sahifangizga oʻzingiz, oilangiz va doʻstlaringizning fotosuratlarini yuklamang yoki foydalanmang. Baʼzi yomon niyatdagi kimsalar sizni kuzatishi mumkin. Xususan, siz boshqa tarmoqlarda xuddi shu maʼlumotdan foydalangan boʻlsangiz. Shuningdek, maktabingiz haqidagi maqolani tahrirlamang — bu sizning u yerga qatnashingizning aniq belgisidir;
  • Ijtimoiy tarmoqlar orqali Vikipediyada qanday maqolalarini tahrirlayotganingizni, taxallusingiz nima ekanligini yoki boshqa maʼlumotlarni aytmang yoki yozmang;
  • Vikipediya orqali kelgan va bezovta qiluvchi deb hisoblaganingiz maktublarga javob bermang. Bu sizning elektron pochtangiz va boshqa shaxsiy maʼlumotlaringizni oshkor qilib qoʻyadi;
  • Shuni unutmangki, tarmoqdagi har qanday maʼlumotni 100% kafolat bilan oʻchirib boʻlmaydi. Odatda Vikipediyadagi oʻzgarishlar va hisob oʻchirib yuborilmaydi. Agar maʼlumot juda shaxsiy ekanligiga ishonchingiz komil boʻlmasa, shunchaki uni baham koʻrmang;
  • Agar siz haqingizdagi maʼlumotlar qandaydir tarzda Vikipediyada paydo boʻlsa, administrator yoki auditordan uni olib tashlashni shaxsan soʻrang (buni qanday qilish haqida ushbu sahifada oʻqing).
  • Ha aytgancha, baʼzida sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz soʻrovsiz ham yashirilishi mumkin, lekin siz buning uchun jahl qilmang. Biz bu ishni sizning xavfsizligingizni taʼminlash maqsadida qilamiz;
  • Oʻzingiz haqingizda maqola yaratmang. Agar siz juda muhim shaxs boʻlsangiz, boshqa birov siz haqingizda maqola yozadi;
  • Vikipediya haqiqiy dunyo bilan bogʻliq ekanligini unutmang;
  • Hech qachon birovning shaxsiy maʼlumotlarini Vikipediyada yoki boshqa joyda oshkor qilmang.

Oʻzingiz, doʻstlaringiz yoki oilangizning fotosuratlari[manbasini tahrirlash]

Foydalanuvchi sahifangizga oʻzingiz, doʻstlaringiz yoki oilangizning fotosuratlarini joylashtirmang. Odamlar bu maʼlumotlardan sizning kimligingizni bilish uchun foydalanishi mumkin. Ayniqsa, siz boshqa veb-saytlarda xuddi shu maʼlumotdan foydalangan boʻlsangiz;

Kim menga koʻmaklasha oladi?[manbasini tahrirlash]

Biz doim sizga yordam berishga tayyormiz!
  • Saytning rasmiy forumlarida savollar berishingiz va yordam olishingiz mumkin.
  • Boshlash paneli yoki bosh sahifa orqali maslahat beruvchi bilan bogʻlanishingiz mumkin;
  • {{Yordam kerak}} deb yozib, savolingizni munozara sahifangizga yozishingiz mumkin.
  • Agar sizni bezovta qilishsa, haqorat qilishsa yoki tahdid qilishsa, administratorga murojaat qilib bogʻlaning.

Men Vikipediyaga qanday qilib koʻmaklasha olaman?[manbasini tahrirlash]

Siz, boshqa barcha foydalanuvchilar kabi, maqolalar yozishingiz va maqolalarni tahrir qilish orqali yaxshilashingiz mumkin.

  • Agar siz yaxshi maqola yozsangiz, Vikipediyani sifatini yaxshilashda ishtirok etayotgan boʻlasiz. Bu maqsadda barchamiz bir yerga jamlandik. Koʻpgina yangi maqolalar ensiklopediyamizga toʻgʻri kelmagani uchun oʻchirilgan. Agar siz qaysi maqolalar Vikipediya uchun mos kelmasligini bilmoqchi boʻlsangiz, Vikipediya — bu ensiklopediya sahifasiga qarang;
  • Tozalash jarayonida ishtirok eting. Ensiklopediyani tahrir qilish oson boʻlgani sababli, baʼzi shaxslarga unda ahmoqona harakatlar amalga oshirish qiziq deb oʻylaydi. Bizningcha, bu kulgili emas, biz buni vandalizm deb nomlaganmiz. Agar juda beʼmani yoki qoʻpol hamda ensiklopediyada oʻrni yoʻq maqolani koʻrsangiz, tezlik bilan uni oʻchiring.

Maqolalar ustida ishlash[manbasini tahrirlash]

Boshqa tahrirchilar bilan ishlash[manbasini tahrirlash]

Vikipediya loyihalari[manbasini tahrirlash]

Koʻpgina mavzularda Vikipediya loyihalari yoki „Vikiloyiha“ sahifalari mavjud. Vikiloyiha — bu mavzuga bir xil qiziqish bildiradigan tahrirchilar guruhidir. Va ular maqolalarni kuzatib borish va sifatini yaxshilash maqsadida birlashgan. Vikiloyiha Kino, Vikiloyiha video oʻyinlari va boshqalar mavjud. Oʻzingiz yoqtirgan mavzu loyihasiga qoʻshilish uchun hech ham ikkilanib oʻtirmang; Bu yordam va maslahat olishingiz mumkin boʻlgan eng dastlabki joylardan biridir!

Hissangiz uchun eʼtirof[manbasini tahrirlash]

Maqola qanchalik sifatli ekanligini koʻrsatadigan belgilar

Vikipediyachilar bir-birining foydali tahrirlarini tan olishning koʻplab usullari mavjud.

  • Maqolalar tajribali tahrirchi boshqa tahrirchilarning ishini baholashda oʻzining xolisona fikrlarini bildirishlari asosida belgilanadi. Koʻpgina maqolalar qisqa „tugallanmagan“ oʻlaroq boshlanadi. Baʼzi maqolalar qayta koʻrib chiqiladi va keyinchalik yaxshi maqolaga aylanishi mumkin. Baʼzilari hatto yaxshi maqolalarga aylanadi, yaʼni ular butun Vikipediyadagi Tanlangan maqolalar safidan oʻrin egallashi mumkin. Asosiy sahifadagi Qiziqarli faktga ega yangi yoki kengaytirilgan boʻlim haqida siz Bilasizmi?
  • Mukofotlar. Maqolalarga qoʻshgan katta hissalaringiz yoki maxsus tozalash ishlari uchun sizga „orden“ berilishi mumkin. Ordenlar osonlik bilan berilmasligi kerak; ular muvaffaqiyatingizning eʼtirofidir.

Administratorlar[manbasini tahrirlash]

Administratorning „supurgi“si

Administratorlar — maxsus imkoniyatlardan foydalana oladigan va boshqa tahrirchilar tomonidan ishonch bildirilgan foydalanuvchilardir. Ammo bu ularni boshqalardan ustun ekanligini anglatmaydi. Bu xuddi farroshga kalitlarni ishonib topshirishdek gap. Masalan, chelak va pol lattalar turadigan tortma kalitini berish kabidir. Baʼzida bu maqolalarni himoyalash va hatto foydalanuvchilarni tahrir amalga oshirishdan cheklashlari mumkinligi maʼnosida keladi.