Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Balduin IV

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Balduin IV[manbasini tahrirlash]

Nominator(lar): Akhrorbeak (munozara) 11:02, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Assalomu aleykum. Bu maqola Quddus Qirolligi uchun jonidan kechgan qirol haqidadir.O'z fikrlaringizni bildirib qolishingizni so'rayman. Akhrorbeak (munozara) 11:02, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Bilgiqutidagi rasm qayerdan olingan? Nimaga qarab (qaysi manba asosida) chizilgan? Yasama ong (sunʼiy intellekt) mahsulimi yoki oʻzingiz chizganmisiz? Tasvir muallifi sifatida oʻzingizni koʻrsatgan ekansiz. Jamshid Nurqul (munozara) 11:07, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Buni men o'zim sun'iy intellektdan olib oz-moz joylarini to'g'rilab, tiniqlashtirib bilqutiga qo'yganman Akhrorbeak (munozara) 12:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Yasama ong yordami bilan yaratilgan rasm mustaqil tadqiqot boʻlib chiqishi mumkin (VP:MTT), maqolaning inglizcha versiyasidagi bilgiqutida foydalanilgan rasmni qoʻyganingiz maʼqulroq. Jamshid Nurqul (munozara) 14:45, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Ammo bu rasm internet brauzerlarda ham bor. Faqat xira. Men shunga o'zgartirishlar kiritgan holda yangiroq ya'ni tiniqroq rasm tayyorladim.Inglizcha versiyasida rasmlar uncha yaxshi emas. Akhrorbeak (munozara) 15:24, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Mana bu yerda izlab koʻrsam siz yuklagan rasmning xuddi oʻzi kelib chiqyapti, albatta tiniqligi farq qilishi mumkin. Vikipediyada sifatli maqolalarni yaratish yoʻlida harakat qilayotganingiz uchun tashakkur ammo rasm sizning mualliflik ishingiz emas ekan. Shu sababli yuqorida bildirgan fikrim aktualligicha qoladi, avvaldan mavjud rasmdan foydalanganingiz yaxshiroq. Jamshid Nurqul (munozara) 16:48, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
Bilgiqutida foydalangan tasviringiz plagiat sifatida Wikimedia Commonsda oʻchirishga nomzod qilindi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:43, 13-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

#  Roziman. Bu maqola teranligi jihatdan menga yoqdi.Raketa.uz (munozara) 14:58, 10-Yanvar 2024 (UTC) — 2 ta tahrir qilgan foydalanuvchi birdan statusga nomzodlikka qoʻyilgan maqola uchun ovoz berishi gʻalati. Bu ovozlardan qoʻgʻirchoqbozlikning hidi kelyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 20:44, 10-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]
#  Roziman. Maqola mazmunli va ajoyib.La.roi7 (munozara) 15:04, 10-Yanvar 2024 (UTC) — bu ovozda ham ayni yuqoridagidek holat kuzatilgan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:44, 10-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Qarshiman, maqolada mashina tarjimasi qismlari saqlanib qolgan, aksar jumlalar tushunarsiz. statusga loyiq emas. Alpasli (munozara) 20:34, 13-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

 Bajarilmadi — maqola bir oyga yaqin muddat ichida yetarli ovoz toʻplay olmadi, rozi boʻlib berilgan ikkita ovoz yangi ochilgan profillarning ovozi boʻlgani uchun VP:QOʻGʻda shubha qilinib qabul etilmadi. Bitta asosli qarshi ovoz oldi. Maqola bilgiqutisida foydalanilgan surat ham plagiatorlik mahsuli sifatida Vikiombordan oʻchirishga nomzod qilindi. Nima boʻlganda ham, uzwikida sifatli maqola yaratish yoʻlida xizmat qilayotgan nominatorga tashakkurlar. Maqolani statusga loyiq holga keltirib, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 20:42, 13-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]

Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.