Vikipediya:Yaratishga/Tarixchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Imomtepa tepaligi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Xayrabod Mahalla Fuqarolar yig'ini

Imomtepa tepaligi - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Xayrabod Mahalla Fuqarolar yig'ini 17-Ixtisoslashtirilgan Davlat Umumta'lim maktabi oldida joylashgan tepalik. Bu tepalikni IXI asr oxirlarida tinch aholi rus bosqinchilaridan asranish uchun bunyod etgan. Bu tepalik tinch aholi va xristianlar uchun muqaddas sanaladi. Sababi, tepalikning tagiga o'lgan rus askarlari ko'milgan. Yaqin atrofdagi mahallalar Sharilloq va Olmachi mahallalarida ham shunday tepaliklar mavjud. Ruslar 1865 yili O'zbekistonni bosib olishdi. Butun qo'zg'alonchilar Jizzax viloyatiga yig'ilib ruslarga qarshi isyon boshlashgan. Jizzax viloyatidagilar va shu tepalik yaqinidagilar bir kuni ruslar o'z qarorgohida dam olib yotganda ulardan yashirinchi qarorgohga kirib ularning boshlarini qilich bilan kesganlar. Shuning uchun ham jizzaxliklarni kallakesarlar avlodlari deyishadi. Hozirda bu o'lik rus askarlarining boshi va tanasi shu tepalik tagida yotibdi. Lekin bu tepalik hech kim e'tiborini qozonmagan shekilli, kimdir tepalikka chiqib bekorchilik qiladi yoki kimdir bu tepalikka mol-qo'y bog'laydi...