Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/Oraliq tanlovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ORALIQ TANLOVLAR
Bosh sahifa Birinchi mavsum Ikkinchi mavsum Koʻp soʻraladigan savollar
WikiAnjuman group photo
WikiAnjuman group photo

WikiStipendiya marafoni doirasida bir ikki mavsum oraliq tanlov oʻtkazildi. Birinchi mavsum 2022-yilning 9-avgustidan 23-avgustiga qadar davom etdi. Ikkinchi mavsum esa 2022-yilning 8-sentabridan to 21-sentabrigacha davom etdi.

Oraliq tanlovlarning asosiy maqsadi aktual mavzularda Vikipediyada kontent yaratilishini ragʻbatlantirish hamda Vikipediyada sifatli maqola yaratuvchi koʻngillilar soni oshirishdan iborat. Bundan tashqari, oraliq tanlovlar WikiStipendiya marafoniga 2020-yilning 20-mayida start berilganidan keyin oʻzib ketgan foydalanuvchilar bilan bellasha olmasligini xulosa qilib, ishtiyoqi ozaygan foydalanuvchilarni faol tahrir qilgani uchun munosib taqdirlash imkonini berdi.

Koʻproq maʼlumot olish uchun, WikiStipendiya Telegram kanaliga aʼzo boʻling. Shuningdek, marofon boʻyicha savollaringizni oʻzbekcha Vikipediyaning Telegram guruhida soʻrashingiz mumkin.