Vikipediya:Koʻrib tahrirlagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:VisualEditordan yoʻnaltirildi)
VisualEditor-logo.svg

Koʻrib tahrirlagich (VisualEditor) — Vikipediya (va MediaWikidan foydalanuvchi boshqa saytlar) sahifalarni WYSIWYG tartibida tahrirlash uchun dasturiy taʼminot. U foydalanuvchilarga viki-belgi tuzilishini oʻrganmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beradi.

Koʻrib tahrirlagich haqida[manbasini tahrirlash]

Vikipediya Koʻrib tahrirlagichining „alfa“-versiyasi haqida videorolik (ingliz tilida)

Koʻrib tahrirlagich Vikipediyani tahrirlashning „vizual“ (koʻz bilan koʻriladigan) asbobi, yaʼni mohiyati jihatidan viki-belgilarni bilmasdan turib tahrirlar qilish imkonini beruvchi yangi tahrirlash tizimi hisoblanadi. U 2012-yil dekabr oyidan boshlab ingliz tilidagi

Vikipediya boʻlimida moslama sifatida „alfa“-versiyada paydo boʻldi, 16 ta boshqa boʻlimlarga 2013-yil aprel oyidan va iyun oyining boshidan barcha boʻlimlarga qoʻshildi. Biz uni Vikipediyaning ingliz tilidagi boʻlimida 1-iyuldan boshlagan holda iyulning oxiriga qadar amalda barcha boʻlimlar uchun joriy etishni rejalashtirmoqdamiz.[1]

2013-yil 25-aprelda Wikimedia Foundation Vikipediyaning 15 ta til boʻlimida Koʻrib tahrirlagichning alfa-versiyasini ishga tushirdi: arabcha, xitoycha, gollandcha, inglizcha, fransuzcha, nemischa, italyancha, yaponcha, koreyscha, polyakcha, ruscha, ispancha va shvedcha til boʻlimlari. Shuningdek, sahifalar va sahifa boʻlimlarini tahrirlash uchun manba viki-matnni klassik tashrirlash imkoniyati ham mavjud boʻladi. 2013-yil 1-iyuldan 29-iyul oraligʻida Koʻrib tahrirlagich alfa-versiyadan beta-versiyaga oʻtdi va bundan keyin boshlangʻich holatga yoqib qoʻyiladi[2].

Hozirgi cheklovlari[manbasini tahrirlash]

  • sust yuklanish;
  • ayrim foydalanuvchilarda brauzerlarning qotishi;
  • tahrirlash oynasida alohida boʻlimni ochmoqchi boʻlinganda barcha maqola ochiladi;
  • oʻzgarishlar gʻalati koʻrinishi mumkin;
  • ayrim tuzilishlarni tahrirlash imkoni yoʻq (masalan, matematik formulalar);
  • faqatgina ayrim brauzerlarda foydalaniladi (Firefox, Chrome, Yandex va Safari; kelgusida — Internet Explorer);
  • faqat maqola nomfazosida va foydalanuvchilar sahifalarida tahrirlash imkoniyati;
  • faqat „Vektor“ va „Monobuk“ mavzularida (skinlarida) ishlaydi.

Joriy qilish jadvali[manbasini tahrirlash]

Sana Joriy qilish bosqichi Moʻljal boʻlimlar
1-iyuldan Koʻrib tahrirlagich barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ochiladi Inglizcha Vikipediya
15-iyuldan Koʻrib tahrirlagich barcha ishtirokchilar uchun ochiladi
24-iyuldan Koʻrib tahrirlagichdan foydalanishga 2-faza boʻlimlaridagi barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun ruxsat beriladi Nemischa, ispancha, fransuzcha, ivritcha, italyancha, niderlandcha, polyakcha, ruscha va shvedcha Vikipediya boʻlimlari
29-iyuldan Koʻrib tahrirlagich 2-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi
Avgustning ikkinchi yarmi Koʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari uchun ochiladi Yozuvlari bilan ishlanayotganlardan tashqari barcha Vikipediya boʻlimlari.
Avgustning ikkinchi yarmi, bir haftadan keyin Koʻrib tahrirlagich 3-faza boʻlimlarining barcha ishtirokchilari uchun ochiladi

Kelgusi ishlovlar[manbasini tahrirlash]

Hozirgi vaqtda bitta sahifani bir nechta foydalanuvchilar tomonidan tahrirlanishi toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Kelgusida hamkorlikda tahrirlash imkoniyatini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Koʻrib tahrirlagichni qanday qilib vaqtincha oʻchirib qoʻyish mumkin[manbasini tahrirlash]

Tahrirlagichni nofaollashtirish uchun menyuning „Moslamalar“ — „Tahrirlash“ — „Beta-imkoniyatlar“ boʻlimiga oʻtish va „Koʻrib tahrirlagichni beta-versiyada turgan paytida vaqtinchalik oʻchirish“ bandini tanlash kerak.