Vikipediya:Viki Oʻzbekistonni sevadi/2021/Hisobot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1-noyabrdan 30-noyabrgacha Viki Oʻzbekistonni sevadi marafoni oʻtkazildi. Quyidagi marafon hisoboti asosan 2 ta hakamning baholashiga asoslangan. 3-hakam ballagan koʻpchilik maqolalar marafonning baholash tartibi va qoidalariga mos kelmasligi, bu toʻgʻrida unga bir necha marotaba qilingan murojaat oʻz samarasini bermaganligi sababli shunday yoʻl tanlanishiga majbur boʻlindi. Shunday boʻlsada, bu holat marafon gʻoliblarini aniqlashda oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmadi.

Ishtirokchilar hissasi[manbasini tahrirlash]

Marafonda roʻyxatdan oʻtgan 10 ta Vikipediya foydalanuvchilari ishtirok etishdi. Uni 3 ta ishtirokchi ijobiy natija bilan yakunladi (kamida 25 ta maqola yaratdi).

Marafon davrida 221 ta maqola yaratildi. Yaratilgan maqolalardan 32 tasi tashkilotchilar va hakamlar tomonidan yaratilganligi; 16 tasi Oʻzbekiston haqida boʻlmaganligi; 5 tasi mavjud maqolaning nusxasi boʻlganligi; 3 tasi oʻchirilganligi; 2 tasi kamida 100 ta soʻzdan iborat boʻlmaganligi; 1 tasi marafon davridan oldin yaratilganligi sabablaridan 0 ballga baholandi. Jami 162 ta maqola ijobiy baholangan boʻlsa, ulardan 21 tasi baholash tartibiga koʻra qoʻshimcha ball oldi.

Hakamlar hay’ati marafonning barcha ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiradi va ularga hozirgi faolliklari bardavom boʻlishini tilaydi. Barchangizga rahmat!

Ishtirokchilar roʻyxati, ular tomonidan taqdim etilgan maqolalar va maqolalarga berilgan ballar bilan tanishish uchun bu yerga qarang.

Marafon natijalariga koʻra, eng koʻp ball toʻplagan gʻoliblar:

Maqolalar roʻyxati va natijalar jadvali