Vikipediya:VikiYoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikiyoz.png
Qisqa havola  VP:VIKIYOZ 

Oʻzbek Vikipediyasini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida VikiYoz nomi ostida tanlovlar eʼlon qilinadi. Maqsadimiz Vikipediyadagi sifatli ensiklopedik maqolalar sonini koʻpaytirishdir. Tanlovlarda siz ham ishtirok etishingiz mumkin. VikiYoz 1-sentabrgacha davom etadi. Gʻoliblar mp4-player va mp3-player bilan taqdirlanadi. Bosh homiy - UZINFOCOM.

VikiYoz ikki tanlovdan iboratdir: Yoz Maqolasi hamda Yoz Faoli.

Yoz Maqolasi[tahrir]

Bu tanlovda eng sifatli maqola yozgan ishtirokchi gʻolib boʻladi. Maqola nomzodlikka qoʻyilishi uchun u "tanlangan maqola" unvoniga erishishi lozim. "Tanlangan" maqolalar qanday koʻrinishga ega boʻlishi lozimligini bilish uchun quyidagi maqolalarga nazar soling:

Yoz Faoli[tahrir]

Bu tanlovda eng koʻp "yaxshi maqola" yozgan ishtirokchi gʻolib boʻladi. "Yaxshi" maqolalar qanday koʻrinishga ega boʻlishi lozimligini bilish uchun quyidagi maqolalarga nazar soling:

Ishlarni kim tekshiradi?[tahrir]

Yozilgan maqolalarni ishtirokchilarning oʻzlari tekshirishadi. Yodda tuting: boshqa ishtirokchilar sizga raqibdirlar. Ularning maqolalaridan qancha koʻp xato va kamchilik topsangiz, oʻzingizga shuncha yaxshi. Lekin ular ham sizning maqolalaringizni qattiq tekshirishlarini esdan chiqarmang.

Ishtirok etish uchun nima qilish zarur?[tahrir]

Avvalambor, roʻyxatdan oʻting. Soʻng foydalanuvchi sahifangizni toʻldiring (u yerda oʻz haqingizda maʼlumotlar, siz bilan qanday bogʻlanish mumkinligini va hk koʻrsating). Bularni bajarib boʻlganingizdan soʻng maqola yozishni boshlashingiz mumkin. Bunda sizga "Dars" sahifasi yordam berishi mumkin. Savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifasida yoki forumimizda soʻrang.