Vikipediya:VikiSevgi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.
VikiSevgi tushunchasining ramzi

VikiSevgi“ — Vikipediya foydalanuvchilari orasida birgalikda faoliyat koʻrsatganlik va bir-birini anglagan holda hissa qoʻshganlikni ifodalovchi umumiy termindir. Vikipediya turli xil dunyoqarash egalari tomonidan tahrir qilganligi bois munozaralarning olovlanishi mumkinligi katta ehtimoldir. Ammo unutmaylikki, barchamiz bir maqsad yoʻlida shu yerdamiz. Biz: Oʻzimiz ega boʻlgan bilimlarni ulashishdan, bir yerga jamlashdan, shakllantirishdan va bepul oʻlaroq yaratilgan tengsiz ensiklopediyani barchaga tortiq etishdan huzurlanamiz.

Vikipediya munozaralar forumi emas, bilganlarimizni yigʻish va turkumlagan holda ulashish loyihasidir. Bu doʻstlikka asoslangan maqsad yoʻlida, bilimlarni mehrga asoslagan holda tarqatsak, eng qiyin vaqtlarda ham holatga xolisona yondashib, qarshi tomonning nima demoqchi boʻlganini chin dildan anglashga urinsak, mana shu ondan boshlab „VikiSevgi“ muhitini shakllantira olgan boʻlamiz. Agar „VikiSevgi“ muhitini shakllantira olmasak, bu Vikipediyaning asl maqsadlaridan birining amalga oshmagani maʼnosida keladi. Doimiy davom etuvchi bahslar hissa qoʻshayotganlarni qoʻrqitadi, xolis boʻlmagan maqolalarni oʻqish esa Vikipediyani kuzatib boruvchilarni undan yiroqlashtiradi. Bunday holatda loyiha kelajagiga katta zarar berilgan boʻlib chiqadi.

„VikiSevgi“ga yetishishning maxsus sirli formulasi yoʻq. Ammo baʼzi muhim masalalarga eʼtiborli boʻlish zarur:

  • Odob-axloq qoidalariga amal qiling va boshqa foydalanuvchilarni doim hurmat qiling.
  • Roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa ham, oʻtmagan boʻlsa ham, kim kelgan boʻlishidan qatʼi nazar hurmat bilan muomala qiling.
  • Qoidalarga amal qiling. Ishoning, birgalikda ishlash jamoaga kelajakda koʻplab yengilliklar olib keladi.
  • Ezgu maqsadni koʻzlang va avvalo, boshqalarning ezgu maqsadni koʻzlayotganiga ishoning.
  • Xolisona dunyoqarash bilan harakat qiling. Maqolalarni insonlar bir oʻqishda qabul qiloladigan darajadagi „yengil til“ bilan yozing.
  • Bahslar olovlangan taqdirda ham doim sovuqqon qoling. Jahl bilan qarorlar qabul qilmang. Agar jahldan tushmayotgan boʻlsangiz, biroz tanaffus qiling.
  • Unutmang, hamma eʼtirof etilishdan mamnun boʻladi. Biror xabar yozayotganda minnatdorlik bildirgan holda soʻz boshlashingiz va talablarni iltimos shaklida bildirsangiz, yanada oʻrinli ish amalga oshirgan boʻlasiz. Masalan:
    • „Salom, ortga qaytarilgan tahrir uchun bildirgan fikrlaringiz uchun sizdan minnatdorman. Yangi tahririmga qayta koʻz yugurtirsangiz, juda ham xursand boʻlar edim. (...) Vaqt ajratganingiz uchun rahmat.“
    • „Salom, bu maqolaga qoʻshgan hissangiz sabab sizdan minnatdormiz. Ammo (...) bu masalada xato qilgansiz deb oʻylayman. (...) Toʻgʻri ekanligini manbalar bilan tasdiqlangan yangi oʻzgarishlarga qayta qaray olasizmi? Oldindan rahmat.“
    • Bu maqolada siz tomoningizdan amalga oshirilgan oʻzgarishlar tahsinga loyiq. Bu mavzuda yaxshi maʼlumotlarga egaga oʻxshayapsiz. Iltimos, (...) bilan nimani nazarda tutganingizni ayta olasizmi? Oldindan rahmat!

Yoqimli tahrirlar. VikiSevgini butun internetda yoyishni unutmang!