Vikipediya:OAV uchun/20K

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekcha English
Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari soni 20 mingdan oshdi

2012-yilning 5-iyulida oʻzbekcha Vikipediyadagi (uz.wikipedia.org) maqolalar soni yigirma mingdan oshdi. 20 000-chi maqola Meteorologiya haqida boʻldi.

Roppa-rosa bir oy avval maqolalar soni 10 mingga yetgani haqida xabar qilingan edi. Shu vaqt ichida faol foydalanuvchilarimiz yanada faollashishdi, Vikipediya qanday ishlashini tushunishga yordam beruvchi sahifalar tayyorlandi, Skype-konferensiya ishga tushirildi. Foydalanuvchilar oʻz qoʻllari bilan naq 400 dan oshiq maqola yaratishdi va mavjudlarini yaxshilashda davom etishmoqda.

Biroq achinarlisi shundaki, sahifalarimiz sonini asosan bot bilan oshirdik, bundan maqsad oʻzbekcha Vikipediyaga va uning Oʻzbekiston hududida toʻsilganligiga eʼtibor qaratishdir.

Vikipediya nashrlari Maqolalar soni
Qozoqcha Vikipediya 225 372
Qirgʻizcha Vikipediya 79 634
Tojikcha Vikipediya 98 660
Turkmancha Vikipediya 5 563
Oʻzbekcha Vikipediya 132 002