Vikipediya:Imzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munozara sahifalarida oʻzingizning imzongizni qoldirishni unutmang. Bu boshqa foydalanuvchilarga ular kim bilan suhbatlashayotganliklari, xabar qachon qoldirilganligi haqida maʼlumot beradi.

Imzo qanday qoʻyiladi[manbasini tahrirlash]

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin.

Xabar yozib boʻlganingizdan keyin, uni saqlashdan avval xabar oxiriga tilde belgilarini (~) qoʻying. Toʻrtta tilde belgisi (~~~~) foydalanuvchi ismi, uning foydalanuvchi sahifasiga ishorat va xabar yozilgan sanaga aylanadi. Uchta tilde (~~~) esa xuddi shi imzoning oʻzidir, lekin unda sana koʻrsatilmaydi. Beshta tilde (~~~~~) bilan siz faqatgina sanani koʻrsatuvchi (yaʼni, foydalanuvchi ismisiz) imzo qoldirishingiz mumkin. Yoki tahrir oynasida tepasidagi „Imzo va vaqt“ (OOjs UI icon signature-ltr.svg) tugmasini bosishingiz mumkin.

Bunday yozasiz Bunday saqlanadi Bunday koʻrinadi
~~~ [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] Misol
~~~~ [[Foydalanuvchi:Misol|Misol]] 23:30, 30-Noyabr 2022 (UTC) Misol 23:30, 30-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish[javob berish]
~~~~~ 23:30, 30-Noyabr 2022 (UTC) 23:30, 30-Noyabr 2022 (UTC)

Imzo qoʻyish unutilgan hollar[manbasini tahrirlash]

Agar biror xabarni yozgan shaxs imzo qoldirmagan boʻlsa, tegishli sahifa tarixi ochilib, uni kim yozganligini aniqlasa boʻladi. Boshqalar ham tarixni ochib ovora boʻlmasin desangiz, {{imzosiz}} andozasi orqali imzo yozib qoʻyishingiz mumkin.

Imzo qayerda qoʻyiladi[manbasini tahrirlash]

Imzoni asosiy maqolalarda qoʻyish mumkin emas. U faqat muloqot uchun ishlatiladi, demak imzoni munozara (jumladan, maqola munozarasi, foydalanuvchi munozarasi, Vikipediya munozarasi va h.k.) sahifalarida qoʻyish kerak.

Yana qarang[manbasini tahrirlash]