Vikipediya:Foydalanuvchi kirish darajasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vikipediyaning maʼlum funksiyalarida foydalanuvchining imkoniyatini kengaytirish maqsadida rasmiyatchilar (ma'muriyat) tomonidan bayroqlar beriladi. Baʼzilari avtomatik ravishda olinadi, baʼzilari esa qo‘lda beriladi. Bayroq egasi, maʼlum bir guruhning aʼzosi hisoblanib, unga MediaWiki dasturining baʼzi funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Guruhlar[tahrir]

Importchilar va transwiki importchilar[tahrir]

"Transwiki importchilar" (yoki Vikilararo importchilar"), bu maxsus tahririyatlarga, yaʼni Maxsus:Import ga ruxsatnomasini beruvchi guruhdir. Ushbu guruh interfeys foydalanuvchilarga sahifalarni nusxalash imkonini beradi va ixtiyoriy ravishda boshqa barcha sahifa tarixlarini boshqa Wikimedia vikilaridan oladi. "Import" ruxsati administratorlar va importchilarning foydalanuvchi guruhlariga ham kiritilgan. Transwiki importchilar guruhida hozirda 0 foydalanuvchi mavjud. Ushbu guruh asosan bekor qilingan va faqat maxsus jamoaning rozilik munozarasidan so‘ng administratorlar tomonidan tayinlanishi mumkin.

Avtotasdiqlangan va tasdiqlangan foydalanuvchilar[tahrir]

Oʻzbekcha Vikipediyada bir necha huquqlar foydalanuvchilar uchun cheklangan bo‘lib, ular huquqni qo‘lga kiritish uchun bir necha kun avval ro‘yxatdan o‘tgan va maʼlum miqdordagi tahrirlar kiritilgan bo‘lishlari talab etiladi. Ushbu talablarga javob beradigan foydalanuvchilar "avtotasdiqlangan" foydalanuvchilar guruhining bir qismi hisoblanadi.

Administratorlar[tahrir]

Vikipediya administratorlari Vikipediya foydalanuvchilarining bir toifasi boʻlib, ular biror sahifani muhofazalash, sahifani oʻchirish, yoʻqotilgan sahifani tiklash, tahrir tarixidan biror versiyani yashirish, va biror foydalanuvchini chetlashtirish kabi texnik vazifani bajarish huquqiga egadirlar.