Vikipediya:Eski holiga qaytaruvchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:EHQdan yoʻnaltirildi)

„Eski holiga qaytaruvchi“ („Rollback“) statusi foydalanuvchilarga sahifada qilingan eng soʻnggi tahrirni hamda agar shu sahifada oxirgi marta ketma-ket tahrirlar ayni tahrirchi tomonidan qilingan boʻlsa, ularning barchasini bir tugmani bosish orqali qaytarish imkonini beradi. Undan vandalizm kabi muammoli tahrirlarni bekor qilish uchun foydalaniladi.

Eski holiga qaytaruvchi bayrogʻi barcha administratorlarga avtomatik ravishda beriladi va boshqa foydalanuvchilarga soʻrov asosida administratorlar tomonidan taqdim etilishi mumkin. Hozirda oʻzbekcha Vikipediyada 17 ta administratorlar va 12 ta eski holiga qaytaruvchilarlar (jami 29) mavjud.

Eski holiga qaytaruvchi boʻlish[manbasini tahrirlash]

Eski holiga qaytaruvchi statusi Vikipediya:Soʻrovlar/Eski holiga qaytaruvchi maxsus sahifasidagi muhokamadan soʻng beriladi.