Vikipediya:Jasur boʻl!
Vikipediyada barcha jasur boʻlsagina muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Vikipediya foydalanuvchilari maqola yaratishlari va bemalol tahrir qilish huquqiga ega. Foydalanuvchilar sahifalardagi grammatik va orfografik xatolarni tuzatib, ularni yangi faktlar, suratlar bilan toʻldirsalar, Vikipediya rivojlanib boraveradi. Albatta, bu ishda tahrirlovchining sogʻlom fikrli boʻlishi juda muhim. Oʻz navbatida boshqa foydalanuvchilar ham siz kabi, xuddi oʻzingiz qilgan tahrirni oʻzgartirishi mumkin.
Vikipediyada bemalol aylanib yuring, notoʻgʻri deb bilganingizni ikkilanmasdan tuzating, mazmuni yoʻq deb hisoblagan maqolalaringizni boyiting va hokazo. Buning uchun sizda toʻliq vakolat bor! Bunday jasoratni hamma sizdan kutadi. Siz mening soʻzlarimga shubha qilishingiz mumkin, lekin menga ishoning, Vikipediya shu tarzda boyib ketadi. Bu boʻsh maydonda faqat bitta cheklov bor – AXLOQ QOIDALARIGA MUVOFIQ! Boshqa foydalanuvchilar bilan teng huquqlarga ega ekanligingizni hech qachon unutmang!
Har qanday tahrir maqola sifatini yaxshilashga xizmat qilishi kerak. „Bemalol tahrirlang“ degani „Xohlagan ishingizni qiling“ degani emas. Shunchaki ermak uchun tahrir qilaverish ham, boshqa manbalardagi tayyor matnni shunday olib-oʻtkazish ham kerak emas. Tanlangan, yaxshi maqolalarga alohida ehtiyotkorlik bilan qarash kerak, zero ular betaraflik nuqtai nazaridan katta mehnat bilan yaratilgan. Qisqacha maqolalarni bemalol tahrirlash mumkin. Ularga kerakli manbalar, maʼlumotlar, faktlar qoʻshish olqishlanadi. Xatoni koʻrsangiz, uni darhol tuzating. Maqolalarni nomlashga va qayta nomlashga ham alohida eʼtibor berish kerak.
Oʻzining katta va samarali mehnatlari bilan ajralib turgan foydalanuvchilarga minnatdorchilik tariqasida orden beriladi.