Vikipediya:Adminitis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Adminitis — ba’zi vikichilarda vaqti-vaqti bilan roʻy beradigan ruhiy holat. Aksariyat holatlarda u administratorlarda roʻy bersa-da, administratorlikdan chetlatilgan foydalanuvchilarda ham koʻzga tashlanadi. Va ba’zan oddiy foydalanuvchilarda ham roʻy beradi. Kasallikning kelib chiqishi borasida aniq sabablar ma’lum emasligi bois uzoq vaqt vandalizmga qarshi kurash natijasida kelib chiqqani taxmin qilinadi. Uning oʻziga xos jihati shundaki, bu xastalik faqat insonlarda emas, sayyoradagi butun jonzotlarda (oʻsimliklardan tashqari hatto inson tomonidan yaratilgan mashina va muzlatkich kabi ashyolarda) ham koʻp kuzatiladi. Ammo ashyolarda kuzatilgan simptomlardan farqli boʻlib, ularning adminitis kasalligiga chalinishi borasida biror taxmin ham yoʻq. Adminitis bir qancha olimlar (xususan, doktorlar) tomonidan oʻrganilmoqda. Biroq toʻplangan bilimlar u bilan bogʻliq fikrlarni yanada chalkashtiryapti xolos.

  • Barcha foydalanuvchilar teng, biroq administratorlar boshqalardan koʻra koʻproq teng ekaniga qattiq ishonishadi.
  • Ikkiyuzlamachilikda ayblashadi
  • Yangi maqolalar yaratmay qoʻygan, ammo ensiklopediyani yozgani haqida maqtanib yuradi.
  • Sabrsiz
  • Vahimakash
  • Maqolalarga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻsha zahotiyoq asliga qaytarish uchun, maqola sahifasini qayta-qayta yangilab oʻtiradi.
  • Doimo haq ekanligiga ishonadi.