Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vikipediya:ASdan yoʻnaltirildi)

Administratorlik statusi tajribali, jamoaning yetarlicha ishonchiga ega boʻlgan va loyihada tartibni saqlash, texnik yordam, konfliktlarni va xulosalar chiqarish boʻyicha xos vazifalarni bajarishda javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchilarga beriladi.

Ushbu sahifada administratorlikka nomzodingizni qoʻyishingiz mumkin. Nomzodingizni qoʻyishdan avval administrator boʻlish uchun qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqing. Qoʻyilgan talablarga javob bera olsangizgina oʻzingizni nomzodlikka qoʻying. Oʻz nomzodingizni qoʻyganingizdan keyin foydalanuvchilar tomonidan rozilik yoki qarshilik ovozlari hamda ayrim savollar beriladi.


Administratorlarni saylash qoidalari

Administrator statusi rasmiyatchilardan biri tomonidan administratorlik majburiyatini oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchi soʻrovi asosida beriladi. Bunda koʻp koʻrsatgichlar hisobga olinadi, jumladan, tajriba, tahrirlar soni, nomzodni boshqa foydalanuvchilar tomonidan muhokamasi va ularning ovozlari natijasi. Ovoz berish nomzodning nomzodligiga ovoz berish sahifasida uning aniq roziligi olinganidan keyin boshlanadi va 1 haftadan keyin (7 sutka) 15:00 UTC da tugaydi. Ovoz berishda nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha oʻzbekcha Vikipediyaning maqolalar nomfazosida 100 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan, kamida 2 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha boʻlgan 30 va 60 kun ichida bittadan kam boʻlmagan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilmasdan 15 kun oldingi davr ichida bitta dan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi kerak. Admininstrator statusiga daʼvogar oʻzbekcha Vikipediyada bir yil avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va 1 500 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi zarur. Agar foydalanuvchining administratorlik vazifasiga munosibligiga shubhangiz boʻlsa, dadil qarshi ovoz bering, agar u odam haqida hech narsa bilmasangiz — betaraflar boʻlimiga ovozingizni qoʻying.

Agar administratorlik statusi sizga berilmasa yoki siz hali bu statusga loyiq boʻlmasangiz yoki shunchaki administratorlik vazifalar qanday ishlashini bilishni xohlasangiz, bu roʻyxatdagi har qanday test vikilarga murojaat qilishingiz va u yerda barcha administratorlik ishlarni his qilishingiz mumkin.

Nomzodligingizni qoʻyish

Administratorlikka oʻz nomzodligingizni qoʻyishdan avval Vikipediya:Administratorlar sahifasi bilan tanishib chiqing.

Nomzod nomini „/“dan keyin kiriting va „Soʻrov ostsahifasini yaratish“ tugmasini bosing:


Yaqinda yopilgan soʻrovlar

Yaqinda yopilgan administratorlikka va rasmiyatchilikka soʻrovlar (yangilash)
Nomzod Turi Natijasi Yopilgan sanasi Ovozlar soni
R Q B %
Nataev AS Muvaffaqiyatli 2024-yil 17-dekabr 28 0 0 100


Yaqinda yopilgan administratorlikka va rasmiyatchilikka soʻrovlar (yangilash)
Nomzod Turi Natijasi Yopilgan sanasi Ovozlar soni
R Q B %
Malikxan AS Muvaffaqiyatli 2024-yil 17-dekabr 27 0 0 100

Joriy soʻrovlar

===Hasan Xamidovich ===

Ovoz berish 2025-08-20 dan 2025-08-27, 15:00 (UTC) gacha oʻtkaziladi.


Hasan Xamidovich (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar) — Assalomu alaykum. Men oʻzbekcha Vikipediyada 2 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdaman. Hozirgi kunda bezorilik (vandalizm) holatlari koʻpayganligi sababli sahifalarni himoyalash va foydalanuvchilarni bloklash kabi amallarni bajara olish orqali oʻzbekcha Vikipediyaga yanada sifatli hissa qoʻshish uchun administratorlikka oʻz nomzodimni qoʻymoqdaman. Oʻzbekcha Vikipediya faollarini mazkur muhokamada faol ishtirok etishga chorlayman. W/ "Hasan Xamidovich" 19:43, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]


Foydalanuvchi haqida maʼlumot

Hasan Xamidovich (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)

Tahrirlar soni 6,568 tahrir 3,694 (56.2%) tahrir maqola nomfazosida
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish 1,318 kichik tahrir (13%) 20 baytdan katta kichik, 1,318 (26.4%) katta tahrir 445 (8.9%).
Ilk tahrir kuni 2022-11-04 19:55
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni 7.578
Skype
Ovoz berish oʻtkaziladi 2025-08-20 dan 2025-08-27, 15:00 (UTC) gacha



Ovoz berishda 2025-08-27 gacha boʻlgan ovoz beruvchiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu talablar quyidagichadir:

  1. maqolalar nomfazosidagi tahrirlar soni 100 tadan kam boʻlmasligi kerak;
  2. 2 oydan kam boʻlmagan stajga ega boʻlishi kerak (yaʼni, 21-06-2025 dan oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim);
  3. 06-07-2025 dan 21-07-2025 gacha boʻlgan muddat ichida bittadan kam boʻlmagan tahrir boʻlishi kerak;
  4. 05-08-2025 dan 20-08-2025 gacha boʻlgan muddat ichida bittadan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi kerak.

Rozilar

  1.  Roziman. Vikipediyamizga yana bir administrator zarur deb hisoblayman. Yuqorida yozilganlardan tashqari boshqa qilinishi kerak boʻlgan ishlar ham bisyor. BEKIPEDIYA #yozishma 18:31, 2025-yil 21-avgust (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Tajribali va faol foydalanuvchi. Munosib nomzod. MinaUktamova (munozara) 18:58, 2025-yil 22-avgust (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman O'zbekcha vikipediyadada oxirgi yillarda bir necha admin oʻz vazifalarini topshirganidan keyin, yana yangi adminlar kerak edi. Munosib nomzod. AnvarxonM (munozara) 00:30, 2025-yil 25-avgust (UTC) [javob berish]
  4.  Roziman - adminlar soni qisqargai uchun emas, Hasanning uzbekcha-vikipediyada katta tozalsh ishlarida hissasi va maqolalarning sifatga ahamiyat qaratayotgani uchun. Hurmat bilan Usmonov Gayrat (munozara) 17:35, 2025-yil 26-avgust (UTC) [javob berish]

Qarshilar

  1.  Qarshiman - Hozirgi vaqtda oʻzbekcha Vikipediyaning faolligini inobatga olgan holda 9 nafar administrator (ulardan 6 nafari faol) yetarli deb hisoblayman. Vandalizm holatlari esa koʻpaymagan, balki bir foydalanuvchi tomonidan muntazam ravishda ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan maqola yaratilyapti, uni faol administratorlar ogohlantirib, chora koʻrishga imkoniyati bemalol yetadi. Humoyun Qodirov (munozara) 04:59, 2025-yil 21-avgust (UTC)[javob berish]
  2.  Qarshiman Tajribabali foydalanuvchi, ammo hozirgi holatda oʻzbekcha Vikipediya uchun yangi administrator zarur emas deb hisoblayman. Yuqorida Humoyun aka keltirib oʻtganlaridek, Ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan maqolalar oʻchirish, vandalizmni qaytarish imkoniyati hozirda Hasanda mavjud, Xulosa chiqaruvchi bayrogʻi bilan ham kurashish imkoni bor albatta. Axadjon1 19:32, 2025-yil 11-sentyabr (UTC)[javob berish]

Betaraflar

  1.  Betarafman — Men bu kishini unchalik yaxshi tanimayman va bilmayman. Shuning uchun ovoz bermasdan betaraflikni tanladim!!! {{DONABDU2003 (munozara) 10:51, 2025-yil 11-sentyabr (UTC)}}[javob berish]
    Eslatma! Ovoz berish uchun siz foydalanuvchini shaxsan tanishingiz shart emas. Ovoz berishda uning faoliyatidan kelib chiqib ovoz bersangiz boʻladi.,Axadjon1 02:24, 2025-yil 12-sentyabr (UTC)[javob berish]

Sharhlar

Nomzodga savollar

1. Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
J:
  1. Oʻchirilgan sahifalar tarkibini koʻrish hamda Vikipediya uchun zarur deb topilganlarni qayta tiklash;
  2. Vikipediya qoidalarini qoʻpol ravishda buzgan har qanday foydalanuvchining faoliyatini cheklash (bloklash);
  3. Vandalizmga uchrayotgan muhim ahamiyatli sahifalarni himoyalash va vandalga nisbatan chora koʻrish va hokazo; W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]
2. Vikipediyaga qoʻshgan oʻz hissangizni qanday baholaysiz?
J: Oʻrtacha. Asta-sekin tajribamni oshirib bormoqdaman. Men uchun eng muhimi sifat. W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]
3. Sizda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
J: Boʻlmagan. Avvalo, kelajakda bunday qarama-qarshiliklarga bormaslikka harakat qilaman. Nizo yuzaga kelgan taqdirda doʻstona yoʻl va toʻgʻri tushuntirish bilan uni hal qilish tarafdoriman. W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]
4. Sizda qoʻshimcha hisob yozuvi bormi? Izoh: Siz bu savolga javob berishga majbur emassiz.
J: Yoʻq. W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]
5. Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha? (Bloklash qaydlari)
J: Bunday holat boʻlmagan. W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]
6. Vikipediyaning faol foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
J: Koʻplab faol foydalanuvchilar bilan shaxsan tanishman. W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]
7. Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajribasi bormi?
J: Yoʻq. W/ "Hasan Xamidovich" 20:16, 2025-yil 20-avgust (UTC)[javob berish]


Natija

Ovoz berish davom etyapti Ovoz berish davom etyapti
 Rozilar: 0
 Qarshilar: 0
 Betaraflar: 0
 Rozilar ovozlari foizi: %


Oʻtgan soʻrovlar


Arxivlar

Status berilishi foydalanuvchilar huquqlari jurnalida koʻrsatiladi.

Yana qarang