Vikinomika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vikinomika: Ommaviy hamkorlik hamma narsani qanday oʻzgartiradi? (ingl. Wikinomics: How Mass Collaboration Changes Everything) — Don Tapskott va Entoni D. Uilyamsning 2006-yil dekabr oyida nashr etilgan kitobidir. Kitobning nomi viki va iqtisodiyot atamalarining birlashuvidan olingan. Kitobda 21-asr boshlarida baʼzi kompaniyalar oʻz biznes texnologiyalarida ommaviy hamkorlik (mass collaboration), tenglarning oʻzaro taʼsiri (peer collaboration) va ochiq manba mafkurasi tamoyillaridan tijorat muvaffaqiyatiga erishish uchun qanday foydalanganliklari tasvirlangan.

Kitobning yakuniy maqolasi 2007-yil 5-fevralda tahrir qilish uchun ochiq boʻlganida oʻquvchilarning yordami bilan onlayn tarzda yozilgan.

2010-yil sentabr oyida kitobning davomi „Makroikinomika: Biznes va dunyoni qayta ishga tushirish“ nashr etildi.

Vikinomika rus tilida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob rus tilida 2009-yilda nashr etilgan.  Kitobning ruscha nashri huquqini BestBusinessBooks sotib olgan.  Kitobni taqdim qilishda  vikinomika tamoyillari qoʻllanildi, nashriyot wikinomika.ru Wiki-saytini ochdi (hozirda ishlamayapti), u yerda har kim kitob tarjimasini nashrga tayyorlashda ishtirok etishi mumkin edi:

"Vikinomika"ni amalda sizlarga taqdim etamiz: siz nafaqat bu kitobni nashr etilishidan avval oʻqigan birinchi odamsiz.  Siz uning sifatiga taʼsir qila olasiz — kitobning butun mazmunini tahrirlash imkoniyati mavjud!  Biz siz bilan birga matn ustida ishlaymiz.  Har bir faol kitobxon (eng yaxshi oʻquvchi) kitobning qogʻoz variantida tilga olinadi va uni sovgʻa sifatida qabul qiladi!

2020-yilda kitobning elektron nusxasi matn va audio versiyalarda chiqarildi.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]