Olmaota zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Verniy zilzilasidan yoʻnaltirildi)

Olmaota zilzilasi, Verniy zilzilasi — 1887-yil 9-iyun mahalliy vaqt bilan soat 4 dan 35 min. oʻtganda sodir boʻlgan zilzila. Markazi Orka Ili Olatovining shim. qismida boʻlib, kuchi 9—10 ballga yetgan. Zilziladan Olmaota shahridagi 3000 ga yaqin bino butunlay harobaga aylangan. 80 ga yaqin kishi xalok boʻlgan. Zilzila epitsentral zonasining uz. 35 km, kengligi 5 km ga yetgan. Yer yuzasida katta oʻzgarishlar boʻlgan. Rus geologi I.V.Mushketov maʼlumoticha, zilzila natijasida Orqa Ili Olatovining 1500–2000 m balandlikdagi qoyalari qulab, Oqsoy, Oqtor daryolari vodiysini toʻsib qoʻygan. Qulab tushgan baʼzi tosh boʻlaklarining ogʻirligi 500 t dan oshgan. Togʻ yon bagʻirlarida kengligi 1 m dan or-tik., uzunligi bir necha km dan iborat yoriklar hosil boʻlib, ulardan suv otilib chiqqan. Togʻ qulashi natijasida daryo suvlari toʻsilib, bir qancha ovullarni suv bosgan. Olmaota zilzilasining oʻchogʻi 20– 30 km chuqurlikda boʻlgan. Zilzilaning kuchi Toshkent, Urumchi, Ayagʻuz va Qash-qargacha borib yetgan. Zilzila vaqtida kuchli yomgʻir yoqqan. Zilzila 2 yil da-vomida vaqt-vaqti bilan qaytarilib, uning kuchi 6—7 ballga yetgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil