Vaxtang IGorgasar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VAXTANG I Gorgasar (?-502) - Iberiya (Kartli) podshosi. Davlat hokimiyatini markazlashtirish uchun kurashgan. Uning davrida Tbilisi sh. qayta qurilib, poytaxt Msxeti sh.dan Tbilisiga koʻchirilgan. Kartlining mustaqilligi uchun Eron bosqinchilariga qarshi kurashda shuxrat qozongan. 484 y. gruzin va armanlarning sosoniylarga qarshi qoʻzgʻoloniga rahbarlik qilgan. Arman va gruzin mulkdorlarining xoinligi qoʻzgʻolon taqdirini hal etgan. Forslar V.ga boʻri rasmi tushirilgan bosh kiyim kiyib yurgani uchun Gorgasar — "Boʻri boshi" deb laqab qoʻyishgan. Forslar bilan boʻlgan jangda oʻldirilgan. Gruzin xalqi V. sharafiga qoʻshiq va sheʼrlar yaratgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil