Kontent qismiga oʻtish

Vatan himoyachilari — Korenyov harbiylari yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Korenyovo askarlari – Vatan himoyachilari" yodgorligi – Korenyovo qishlogʻining 1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida halok boʻlgan fuqarolari xotirasiga bagʻishlangan. 1993-yil 9-mayda ochilgan. Korenyovo qishlogʻi Moskva oblastining Lyubertsi tumanida (hozirgi Lyubertsi shahar okrugi, Moskva viloyati) joylashgan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Korenyovo va Kraskovo qishloqlari, ular yaqinidagi Mashkovo, Marusino va Motyakovo qishloqlarining 342 nafar fuqarosi jang maydonlarida, olgan jarohatlari va kasalliklardan shifoxonalarda vafot etgan[1].

Toʻrt metrlik yodgorlik yarim yalangʻoch yarador jangchining chap qoʻli bilan jarohatini qoplab, oʻng qoʻlida PPSh avtomati qurolini ushlab turgan relyefli shaklida namoyon boʻladi. Haykaltaroshlik qismi monolit och kulrang granitdan yasalgan. Tagkursisi qizil-jigarrang granit bilan qoplangan.

Vatan himoyachilariga atalgan yodgorlik Moskva viloyati, Lyubertsi tumani, Kraskovo qishlogʻi faxriylar kengashi tashabbusi bilan oʻrnatilgan[2]. Korenyovo mikrorayoni ham ushbu maʼmuriy hudud tarkibiga kiradsi. Loyihani ishlab chiqishda faxriylar faol ishtirok etgan.

Yodgorlik majmuasi muallifi haykaltarosh, RFda xizmat koʻrsatgan rassom, Rossiya Badiiy akademiyasi akademigi A. A. Rojnikovdir.

Majmua 2005-yilda rekonstruksiya qilingan. 22-iyun, ya]ni Xotira va motam kunida Korenyovo mikrorayonida taʼmirlangan majmuaning tantanali ochilishi boʻlib oʻtdi[3].

Yodgorlikni rekonstruksiya qilish ishlari Kraskovo qishlogʻi maʼmuriyati tashabbusi bilan boshlangan. Qishloq faxriylar kengashi, Moskva viloyati Madaniyat vazirligi koʻmagida kompozitsiya muallifi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Архивированная копия“. 2020-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  2. „Архивированная копия“. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
  3. „Памятник воинам-коренёвцам — защитникам Отечества“. 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.