Vasliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vasliy (taxallusi; asl ismi Sayd Axmad usta Azim oʻgʻli) (1870 — Samarqand — 1925.29.10) — oʻzbek va tojik shoiri, maʼrifatparvari. Toshkent (1883-91) va Buxorodagi (1893-1902) Koʻkaldosh madrasalarida oʻqigan. Buxoroda (1903—09), Samarqanddagi Orifjonboy va Qusam ibn Abbos madrasalarida mudarrislik qilgan (1909—17). Ulugʻbek madrasasida yangicha usul maktablari uchun muallimlar tayyorlash kursida dars bergan, adabiy toʻgarak ochib, unga homiylik qilgan (1918—22). V. milliy matbuotning shakllanishida faol qatnashgan. Maqola va sheʼrlari maorifni isloh qilish, millat ravnaqi kabi masalalarga bagʻishlangan. V. ijodiy merosidan 12000 misra sheʼr va "Armugʻoni doʻston" (1909), "Asos ul-islom" (1904), "Tuhfat ul-ahbob" (1912), "Taʼlim va bildurmakning foydaluv oʻlmoqi" (1914) kabi 25 risolasi yetib kelgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Imom Aʼzam tarixi, T., 1995.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil