Vashington kelishuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vashington kelishuvi (inglizcha: Washington Agreement, Bosn. Vašingtonski sporazum , xor. Washingtonski sporazum ) ― Xorvatiya Gertseg-Bosna va Bosniya va Gersegovina Respublikasi (oʻsha paytda zamonaviy Bosniya va Gertsegovina hududidagi yagona xalqaro tan olingan davlat tuzilmasi hisoblanib, hukumati asosan etnik guruhlardan Bosnyaklardan iborat boʻlgan) oʻrtasida sulh bitimi.

Bitim 1994-yil 18-martda, Vashington va Venada Bosniya va Gersegovina Respublikasi Bosh vaziri Xaris Silajich, Xorvatiya tashqi ishlar vaziri Mate Granich va Gertseg-Bosna Prezidenti Kreshimir Zubak tomonidan imzolangan.

Shartnoma shartlariga koʻra, Xorvatiya va Bosniya harbiy tuzilmalari nazorati ostida boʻlgan hududlar Bosniya va Gersegovina Federatsiyasiga birlashtirilgan, u oʻz navbatida 10 ta avtonom kantonga boʻlingan. Kantonal tizim bir etnik guruhning boshqasi ustidan hukmronlik qilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tanlangan.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]