Valyuta birjasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Valyuta birjasi — ishtirokchilari chet-el valyutasi orqali ish yuritadigan savdo faoliyatni tashkil qilishda yordam beruvchi, valyuta bozori infrastrukturasining bir elementidir. Valyuta birjasi valyuta bozorining asosiy elementlarining faoliyatini tashkil qilib beradi: savdo sistemasi (kontragent qidirish mexanizmi), kliring va hisob sistemasi (kelishuv ijro mexanizmi).

Valyuta birjasi - q. Birja.[1]

Valyuta va moliyaviy aktivlar shoshilinch savdosi bilan mutahassis ravishda faoliyat ko’rsatadigan valyuta birjalari mavjud, - London moliyaviy fyucherslar halqaro birjasi (London International Financial Futures Exchange[2]), Amsterdamdagi Evropa opcion birjasi (European Options Exchange), Frankfurtdagi Olmon shoshilinch birjasi (Deutsche Terminboerse), Singapur birjasi (Singapore International Monetary Exchange[3]), Sidneydagi shoshilinch savdo birjasi (Sydney Futures Exchange[4]), Venadagi Avstriya shoshilinch opcion birjasi (Oesterreichische Termin Option-boerse). Iqtisodiy nuqtai-nazarda valyuta birjasi – bu birjaviy tashkiliy valyuta bozorining uyushgan ishtirokchisidir. Huquqiy ma’noda esa, valyuta birjasi xorijiy valyuta orqali birjaviy savdoni tashkil va tartibga solish yo’li bilan ko’tara bozorini shakllantiruvchi yuridik shaxs deb hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]