Isaak Valdenberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Valdenberg Isaak Yakovlevichdan yoʻnaltirildi)

Isaak Yakovlevich Valdenberg (1906.11. 10, Ukraina - 1965. 3.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Kiyev rassomlik institutini tugatgan (1930). 1938 yildan Toshkentda. D. V. Ushakov bilan ijodiy hamkorlikda ishlab, Toshkent teatrlari uchun dekoratsiya va libos chizgilari yaratgan: Hamza teatrining "Otello" va "Yuliy Sezar" (1941, 1959) spektakllariga sahna bezaklari chizgilari, "Qonli sarob" (1964), "Sarvqomat dilbarim" (1964) spektakllari, Gorkiy nomidagi rus drama teatrining "Jorj Danden" (1957), "Hammom" (1957) spektakllariga dekoratsiya va libos chizgilari va b. V. ijodi teatr rassomligi rivojida dekoratsiya va liboslardagi naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol oʻynadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil