Val

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Val (Nemischa: Walre) — boʻylama oʻqi boʻyicha burovchi moment uzatuvchi va aylanuvchi detallarni tutib turuvchi mashina detali. Barcha mexanizm va mashinalarning asosiy detali hisoblanadi. Baʼzi vallar (masalan, kardan, elastik, torsion) aylanuvchi detallarni tutib turmaydi. Oddiy toʻgri vallar aylanuvchi jism shakliga ega bo‘ladi. Vazifasiga koʻra, vallar tishli gʻildirak, shkiv, yulduzchalar oʻrnatilgan uzatish vakinatsiyalariga; konstruksiyasiga koʻra toʻgʻri, tirsakli, elastik, oʻzak va boshqalarga boʻlinadi. Vallar yaxlit, ichi kovak hamda shlitsali qilib yasaladi, uglerodli va legirlangan poʻlatdan, duralyuminiy qotishmasi hamda yuqori sifatli choʻyanlardan tayyorlanadi.