Vadim Vengerskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Vengerskiy
Tavalludi 19-avgust 1932-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Vafoti 14-iyul 1989-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ilmiy darajasi Texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni Professor

Vadim Vladimirovich Vengerskiy (19-avgust 1932-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 1989-yil 14-iyul, Moskva, RSFSR, SSSR) – sovet olimi, raketa texnikasi elektr stansiyalarining fizik-texnik muammolari boʻyicha mutaxassis. Lenin (1965) va Davlat (1976) mukofotlari laureati, SSSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1981)[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Vengerskiy 1932-yil 19-avgustda Oʻzbekiston SSR Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan.

Vengerskiy 1956-yilda Bauman nomidagi Moskva oliy texnika maktabini muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[2].

Universitetni tugatgach, NII-125 ga (1966-yilda Kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti) ishga yuborildi va u yerda laboratoriya muhandisi yordamchisi darajasiga qadar ishladi.

Vadim 1966-yilda kondidant nomzodligini, 1973-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1977-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.

1981-yilda SSSR Fanlar akademiyasi Energetikaning fizik-texnik muammolari boʻlimiga („energetika va elektrotexnika“ mutaxassisligi) muxbir aʼzosi etib saylangan.

Olim 1989-yil 14-iyulda baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi va Moskvadagi Kuntsevo qabristoniga dafn qilindi.

2007-yilda Vadimning 75 yoshga toʻlishi munosabati bilan ishlagan „Soyuz“ ikki tomonlama texnologiyalar federal markazi binosiga yodgorlik taxtasi oʻrnatildi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukasi Eduard Vladimirovich Venger (1936-yil 1-avgust) – Rossiya Federatsiyasi hukumati mukofoti laureati, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan.

Birinchi rafiqasining ismi Neonila Aleksandrovna Vengerskaya (1931).

Ikkinchi rafiqasi Kalinina Nina Nikolayevna (1925-1988) – Moskva issiqlik muhandislik institutining yetakchi muhandisi va SSSR Davlat mukofoti laureati boʻlgan[3].

Qizlari: Bistrova Yelena Vadimovna (1953) va Galina Vadimovna Vengerskaya (1958). Ularning ikkisi ham bolalar shifokori.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Венгерский Вадим Владимирович“. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  2. „Венгерский Вадим Владимирович“. Qaraldi: 10-aprel.
  3. „Калинина Нина Николаевна“. polkmoskva.ru. 2020-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-iyun.